Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotojamlanma: Davlat arboblari va harbiy elita - Vatan himoyachilari kuni bayramida
14 yanvar kuni Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Kun.uz muxbiri tadbirdan fotoreportaj taqdim etadi.
Konsert va ko‘rgazmali chiqishlar bilan o‘tgan tadbirda Oliy Majlis palatalari va hukumat a’zolari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, Qurolli Kuchlar faxriylari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalarning harbiy attashelari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Tadbir avvalida O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov prezident Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.


Shundan so‘ng “Amir Temur jangovar bayrog‘i” mukofoti Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga tantanali ravishda topshirildi.



Tadbirda “Amir Temur marshi” sahna chiqishi namoyish etildi.
Xizmat davomida halok harbiy xizmatchilar xotirlandi. Faxriylarga gullar berildi.

























Suratlar muallifi – Farrux Absattarov
Mavzuga oid
23:00 / 15.01.2026
Fotojamlanma: Amaldorlar va harbiylar – Vatan himoyachilari bayramida
11:46 / 14.01.2026
“Vatan himoyasi - sharafli va mas’uliyatli burch” - Prezident tabrigi
20:05 / 13.01.2025
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatchilar va huquq organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi
22:04 / 13.01.2024