Özbekiston prezidenti, Qurolli kuçlar oliy boş qömondoni Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Qurolli kuçlari taşkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yölladi.

Davlat rahbari tabrigida askar va serjantlar, ofitser va generallar, şuningdek, Qurolli kuçlar faxriylarini samimiy muborakbod etib, vatan himoyasidek şarafli va mas’uliyatli işga hayotini bağişlagan yurt posbonlariga yuksak hurmat va ehtirom bildirdi. Şu bilan birga, vatan oldidagi burçini bajariş çoğida mardlarça halok bölgan qahramonlar xotirasiga çuqur ehtirom izhor etildi.

Prezident Yangi Özbekistonni barpo etiş yölida amalga oşirilayotgan tarixiy özgarişlarda Qurolli kuçlarning munosib hissasi borligini ta’kidladi. Davlat rahbari harbiylarni buyuk ajdodlar an’analarining şonli davomçilari sifatida e’tirof etib, vatanga fidoyi, jangovar saflarda doimo huşyor bölgan azmu şijoat sohiblari bilan faxrlanişini bildirdi.

Tabrikda keyingi yillarda “Özbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Qurolli kuçlarning harbiy qudratini oşiriş, boşqaruv va ta’minot tizimini takomillaştiriş, qöşinlarning jangovar salohiyatini kuçaytiriş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilayotgani qayd etildi. Jumladan, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida modernizatsiya işlari olib borilayotgani, qöşinlar saflari yangi ta’lim va tarbiya olgan malakali ofitser va serjantlar bilan töldirilayotgani aytildi.

Şuningdek, şaxsiy tarkibning kasbiy, intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltiriş, armiyani zamonaviy qurol-yaroğ va harbiy texnika bilan bosqiçma-bosqiç ta’minlaş işlari davom etayotgani ta’kidlandi. Prezident yoşlar örtasida harbiy xizmatga qiziqişni oşiriş, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş hamda xalq bilan armiya örtasidagi birlik va jipslikni mustahkamlaşga qaratilgan işlar qat’iy davom ettirilişini bildirdi.

Davlat rahbari nutqida xalqaro maydondagi murakkab geosiyosiy jarayonlarga töxtalib, mavjud vaziyatni hisobga olgan holda jang va boşqaruv usullarini zamon talablari asosida yangilaş, yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlaş, harbiy xizmatçilarning jangovar ruhi va jismoniy tayyorgarligini muntazam oşiriş ustuvor vazifa bölib qolişini qayd etdi.

Prezident, şuningdek, milliy armiyani zamonaviy qurol-yaroğ, jumladan, sun’iy intellekt asosida robotlaştirilgan majmualar bilan ta’minlaş, qöşinlarni boşqariş va qaror qabul qiliş jarayonlariga ilğor axborot texnologiyalarini keng joriy etişga doimiy e’tibor qaratilişiga urğu berdi.