Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatchilar va huquq organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi
Milliy armiya tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mudofaa, xavfsizlik, prokuratura, sud, ichki ishlar, milliy gvardiya, bojxona va favqulodda vaziyatlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari prokurorlari, Majburiy ijro byurosi direktori, Oliy sud sudyasi shular jumlasidan.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmoni e’lon qilindi.
Farmon bilan Qurolli Kuchlar jangovar salohiyatini yuksaltirish, professional milliy armiyani shakllantirish, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlashdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalq osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati, sharafli va muqaddas burchini bajarishda mardlik va jasorat ko‘rsatgan, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlandi:
«Mardlik» ordeni bilan
- Dedaxonov Musoxon Alyorovich - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi;
- Ismoilov Baxtiyor Axmadjonovich - Farg‘ona viloyati prokurori;
- Rasulov Farrux Sadulloyevich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri;
- Sayipov Bektosh Raximovich - Qashqadaryo viloyati prokurori;
- Toshqorayev Olim Eshmo‘minovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bosh serjanti;
- Umurzakov Sharof Kuchiyevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xizmat boshlig‘ining o‘rinbosari;
- Egamberdiyev Muzaffar Eminovich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori;
- Egamyorov Farxodbek Abdumalikovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i.
«Do‘stlik» ordeni bilan
- Pirmatov Alisher Ashurmatovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni boshqarma boshlig‘i.
«Jasorat» medali bilan
- Akramov Abbosjon Axtam o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi;
- Irgashov Baxtiyor Erkinovich - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi muhim ishlar bo‘yicha katta tezkor vakili;
- Isakov Alisher Raxmatullayevich - Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi guruh qutqaruvchi-yo‘riqchisi;
- Muxitdinov Islombek Zafarbek o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism otryad komandiri;
- Suyarqulov Ravshanbek Suyarqul o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvod komandirining o‘rinbosari;
- Toshmatov Zafarbek Anvarovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilya komandirining o‘rinbosari;
- Utegenov Dauran Aymuratovich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili;
- Sharipov Javlonbek Hakimjon o‘g‘li - Toshkent shahri Bektemir tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi patrul-post xizmati inspektori.
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
- Abdullayev Nodirjon Abditolib o‘g‘li - Toshkent viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i
- Axmedov Bahriddin Hoshimovich - Samarqand harbiy sudining raisi;
- Bakirov Shokir Kuchkarovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad katta haydovchi-qutqaruvchisi;
- Dadaxonov Xamidullo Vaxobovich - Andijon viloyati Izboskan tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
- Djumabayev Baxrom Kurbanaliyevich - Toshkent viloyati Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
- Jumabayev Sherzod Avazovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism seksiya komandiri;
- Kamalov Abdurasul Anvarovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad katta yo‘riqchi-qutqaruvchisi;
- Minajov Reymbay Oteuliyevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘ining o‘rinbosari;
- Mirzaalimov Nishanmurod Muxtarovich - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi;
- Parmanov Abdumalik Pattoyevich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi;
- Pozilov Odil Samadovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari harbiy qism qorovul boshlig‘i;
- Rejyepov Bekpolat Mamitovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi;
- Soatov Fazliddin Sunnatillayevich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
- Sultonov Oybek Sultonboyevich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi kadrlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;
- Tilabov Bahodir Samandarovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘limi bosh serjant yordamchisi;
- O‘sarov Obidjon Komiljon o‘g‘li (marhum) - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi;
- Xudjaqulov Dilmurot Panjiyevich - Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i;
- Xo‘jamqulov Abdivaxid Musayevich - Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
- Shafiyev Renat Rustamovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaz boshlig‘i.
«Sog‘lom turmush» medali bilan
- Karimova Saida Mo‘xtar qizi - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism bo‘lim katta ofitseri;
- Xolbekov Xaytbek Oybek o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boshqarmasi bo‘lim inspektor-psixologi.
«Shuhrat» medali bilan
- Artikov Sherzod Baxtiyarovich - Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani prokurorining o‘rinbosari;
- Jumayev Sharof Norchayevich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi surishtiruvchisi;
- Zaripov Maratjon Rizayevich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh komandiri;
- Qambarov Botirjon Shermaxammatovich - Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori;
- Maxkambayev Abdulla Abdisamatovich - Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi texnik ta’mirlash qismi boshlig‘i;
- Po‘latova Azizaxon Murot qizi - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh katta ofitseri;
- Saidov Sardor Saydullayevich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiya komandiri;
- Sanayev Begzot Yusubovich - Sirdaryo viloyati Shirin shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
- Sultanova Jamila Masharipovna - Xorazm viloyati ma’muriy sudining raisi;
- Toshpulatov Sulton Eshniyozovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi qo‘riqlash bo‘limi haydovchisi;
- Usmonov Shuxriddin Xoliqovich - Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qarshi shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta usta-qutqaruvchisi.
Mavzuga oid

16:21
2025 yilda 30 trillion so‘mlik davlat mulkini sotib, budjetga 10 trillion so‘m tushirish vazifasi qo‘yildi

22:08 / 26.03.2025
Prezidentga Toshkentni Samarqand va Andijon bilan bog‘lovchi muqobil yo‘l loyihalari haqida axborot berildi

20:39 / 26.03.2025
Prezident tabiiy gaz va elektrni iqtisod qilish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi

18:47 / 25.03.2025