Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi Jidda - Namangan yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarini boshladi
Flyadeal aviakompaniyasi birinchi reysi an’anaga ko‘ra suv arkasi bilan kutib olindi. Jidda - Namangan - Jidda yo‘nalishi bo‘yicha muntazam ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar Airbus A330 samolyotlarida haftasiga uch marta amalga oshiriladi.

Foto: Uzbekistan Airports
15 yanvar kuni Namangan aeroportida Saudiya Arabistonining Flyadeal aviakompaniyasi birinchi reysi kutib olindi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, havo kemasi sathida 350 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan 10:21 da Namanganga qo‘ngan. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan kutib olingan.
Jidda — Namangan — Jidda yo‘nalishi bo‘yicha muntazam ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar Airbus A330 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Flyadeal aviakompaniyasi 2024 yil 21 noyabrdan O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ygan edi – Toshkent va Jidda o‘rtasidagi reyslar har kuni amalga oshirilmoqda.
Flyadeal Saudiya Arabistonining loukostr formatidagi aviakompaniyasi bo‘lib, Jiddadagi podshoh Abdulaziz xalqaro aeroportida joylashgan. Aviakompaniya Saudiya Arabistonining yetakchi havo tashuvchisi Saudia Group’ning transformatsiya strategiyasi doirasida 2017 yilda tashkil etilgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

17:54 / 05.04.2025
Yana Namangan: mashinani ijaraga olgan o‘quvchilar ayanchli YTHga uchradi

17:34 / 05.04.2025
Norin daryosida ikkinchi GES qurilishi boshlandi

21:33 / 04.04.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

17:55 / 01.04.2025