Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik astronavtlar XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi
Astronavtlar Nik Xeyg va Sunita Uilyams astofizik uskunaga xizmat ko‘rsatishi va yangi aloqa blokini o‘rnatish uchun ochiq kosmosga chiqdi. Kosmik vakuumda texnik ishlar 6,5 soatga yaqin davom etdi.
Foto: NASA
Amerikalik astronavtlar 16 yanvar kuni Xalqaro kosmik stansiya (XKS) bortidan ochiq kosmosga chiqdi.
Qayd etilishicha, astronavtlar Nik Xeyg va Sunita Uilyams astofizik uskunaga xizmat ko‘rsatishi va yangi aloqa blokini o‘rnatishi kerak bo‘lgan. Kosmik vakuumga chiqish AQSh Sharqiy sohillari vaqti bilan soat 08:05 da boshlangan va texnik ishlar 6,5 soatga yaqin davom etgan.
2024 yilning iyunida amerikalik ikki astronavtning XKS bortidan ochiq kosmosga chiqishga urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.
XKS bortidagi amerikalik astronavtlar Treysi Dayson va Mettyu Dominik 13 iyunda kosmik vakuumga chiqishi kerak bo‘lgan, ammo skafandr bilan bog‘liq muammolar tufayli jarayon bekor qilingan edi. 24 iyunda astronavtlar ochiq kosmosga 31 daqiqaga chiqqan va Dayson skafandridagi sovitish konturidan suv oqqani sabab stansiyaga qaytishga majbur bo‘lgandi.
Ayni vaqtda XKSda yetti kishidan iborat ekipaj — «Roskosmos» kosmonavtlari Aleksey Ovchinin, Ivan Vagner va Aleksandr Gorbunov, NASA astronavtlari Nik Xeyg, Donald Pettit, Butch Uilmor va Sunita Uilyams faoliyat yuritmoqda.
23 yanvar kuni amerikalik astronavtlar joriy yilning o‘zida ikkinchi bor ochiq kosmosga chiqishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
16:13 / 18.04.2026
“Qo‘rquv bo‘lishi tabiiy, ammo bu sizni to‘xtatmasin”, - 17 yoshida NASA va SpaceX bilan kosmik loyihani amalga oshirgan Akbar hikoyasi
20:59 / 16.04.2026
Oq uy «olimlarning sirli o‘limi va g‘oyib bo‘lishi» haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi
17:28 / 08.04.2026
Yer «botishi» va Quyosh tutilishi. NASA Oy orbitasidan olingan noyob kadrlarni namoyish etdi
23:12 / 06.04.2026