Isroil va Hamas kelishuvi hali kuchga kirmadi. G‘azo o‘qqa tutilishi davom etmoqda
Isroilliklar Hamasni tinchlik kelishuvi loyihasining bir qancha bandlarini o‘zgartirishga urinishda ayblamoqda. Isroillik ikki vazir Hamasga qarshi urushni davom ettirishni talab qilib, aks holda hukumatdan chiqishini aytdi. Bu esa hukmron koalitsiya parchalanishiga olib keladi.

Foto: Amir Cohen / Reuters / Scanpix / LETA
Isroil vazirlar mahkamasi Hamas bilan sulh bitimini tasdiqlash uchun ovoz berish jarayoniga yig‘ila olmadi, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning ofisi bunga falastinliklar oxirgi pallada qator kelishuvlardan bosh tortganini sabab qilib keltirdi. Hamas esa buni rad etmoqda. Isroilning roziligisiz kelishuv kuchga kirmaydi.
Isroilning xavfsizlik bo‘yicha vazirlar mahkamasi 16 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da G‘azo sektorida mahbuslarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Hamas bilan kelishuvni tasdiqlash uchun yig‘ilishni rejalashtirgan edi.
«Mossad» direktori David Barnea boshchiligidagi isroilliklar delegatsiyasi hali ham Dohada bo‘lib turibdi va vositachilar bilan kelishuv detallari muhokamasini davom ettirmoqda, deb xabar bergan Quddusdagi manbalar. Ushbu delegatsiya a’zolari roziligisiz tor doiradagi harbiy kabinet va vazirlar kabineti ovoz berish jarayonini boshlay olmaydi.
Isroil Hamasning aynan qaysi bandlarni bajarishdan bosh tortayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilgani haqida chorshanba kuni kechqurun xabar tarqalgandi. Muzokaralardagi asosiy vositachilar — Qatar va AQSh tomoni buni fakt sifatida e’lon qilgandi.
Ammo Isroil tomoni, Vashingtonning bosimiga qaramay, birorta ham aniq bayonot bergani yo‘q. Tahlilchilar fikricha, Isroil shu orqali xalqaro vositachilar barvaqt entuziazmga berilganini ko‘rsatmoqda.
Hamas siyosiy byurosi a’zosi Izzat ar-Rashaq esa Falastin harakati kelishuvga sodiq ekanini aytdi. «Hamas vositachilar tomonidan e’lon qilingan otashkesim kelishuviga sodiqdir» dedi u.
Shu kunlarda Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar Italiyaga ishchi tashrifini muddatidan oldin yakunlab, vataniga qaytgandi.
BBC’ning Quddusdagi manbalari aytishicha, vazirlar o‘rtasida alohida norasmiy maslahatlashuvlar tundayoq boshlangan.
Kelishuvga kutilganidek moliya vaziri Betsalel Smotrich va milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir qarshi chiqmoqda. Ularning ikkisi ham ultrao‘ng qarashlari va G‘azodagi harbiy amaliyotni qo‘llab-quvvatlashi bilan tanilgan.
Avvalroq Ben-Gvir Qatardagi kelishuv Isroil Hamas qarshisida taslim bo‘lishiga teng ekanini aytgandi. U ham, Smotrich ham agar Isroil guruhni butunlay yakson etish maqsadidan qaytadigan bo‘lsa, iste’foga chiqish bilan tahdid qilgan.
Agar ular shunday yo‘l tutadigan bo‘lsa, Isroilni navbatdagi siyosiy inqiroz kutadi. Smotrich va Ben-Gvir rahbarligidagi ikki partiyasiz hukmron koalitsiya kamida parlamentdagi ko‘pchilik o‘ringa egalik qila olmaydi, maksimumda esa — parchalanadi.
Bu vaqtda esa Isroil payshanbaga o‘tar kechasi ham G‘azo sektori bo‘ylab zarba berishda davom etgan. O‘nlab qurbonlar borligi aytilgan.
Kelishuv bosqichlari
Agar kelishuv baribir yaqin soatlarda Isroil tomonidan ma’qullansa, u 19 yanvar kuni kuchga kirishi lozim. Agar ovoz berish jarayoni cho‘zilsa, sulh amal qiladigan muddatni qaytadan kelishish kerak bo‘ladi.
Kelishuv uchta bosqichni o‘z ichiga oladi, ular haqida faqat ayrim ma’lumotlar ochiqlangan.
Birinchi bosqich
Birinchi bosqich olti haftaga mo‘ljallangan va darhol o‘t ochish to‘liq to‘xtatilishi kerak bo‘ladi.
Agar Isroil kabineti kelishuvni ma’qullasa, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 19 yanvar, shanba kuni kuchga kirishi kerak.
Shundan keyin G‘azo sektoridagi faol harbiy harakatlar olib borilgan hududlardan qochgan falastinliklar uylariga qaytishni boshlashi mumkin bo‘ladi. BMT baholariga ko‘ra, G‘azoda bunday odamlar 2 mln kishini tashkil etadi (sektor aholisining 90 foizi).
Shuningdek, kelishuvning birinchi bosqichi doirasida G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yuboriladi. Har kuni sektorga minglab yuk mashinalari kirishi ko‘zda tutilgan.
Shu bilan bir vaqtda, Hamas isroilliklarni qo‘yib yuborishni boshlaydi. Dastlabki guruh 33 kishidan iborat bo‘ladi (dastlabki xabarlarda 34 kishi haqida gap borgandi). Bular ayollar, bolalar va qariyalar bo‘ladi. Ammo ularning qanchasi tirik ekani va qancha holatda jasadlarni topshirish haqida gap borishi aniq emas.
Isroil hukumati vakili David Meser xabar berishicha, rasmiylar ko‘proq tirik odamlar qaytarilishini kutmoqda.
Kelishuvning shu bandi, shuningdek, hukumat ularga kimlarni qaytarishini oxirigacha bilmasligi Isroil tomonida norozilik uyg‘otmoqda.
Hamas buning evaziga minglab falastinlik mahbuslarni talab qilmoqda va ularning barchasi tirik odamlar bo‘lishi lozim, Isroil esa nafaqat yana bir bor noteng almashuvga rozi bo‘lishi, balki ko‘r-ko‘rona harakat qilishiga ham to‘g‘ri keladi, deyishmoqda ko‘plab isroilliklar.
Ularga o‘z hukumati nima uchun birato‘la garovdagi barcha 94 kishini qaytarishni talab qilmagani tushunarsiz. Isroil razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, aynan shuncha isroillik hamon asirlikda, shundan 34 nafari halok bo‘lgan.
Falastin rasmiylariga ko‘ra, qolgan asirlarning taqdiri kelishuvning keyingi bosqichlarida muhokama qilinadi, birinchi bosqich rejadagidek o‘tsa, keyingi bosqich o‘t ochishni to‘xtatishning 16-kunida boshlanishi nazarda tutilgan.
Ikkinchi bosqich
Bu bosqich urush to‘liq yakunlanishini nazarda tutadi, ammo tomonlar hali uni muhokama qilishga kirishmagani tufayli, «to‘liq yakun» nimani anglatishi noma’lum.
Katta ehtimol bilan, bu bosqichda Isroil armiyasi G‘azo sektori hududini tark etishni boshlashi kerak, ammo tafsilotlar aniq emas.
AQSh prezidenti Jo Baydenga ko‘ra (uning rejasi kelishuvga asos bo‘lgan), ikkinchi bosqichda qolgan isroilliklar va o‘ldirilganlarning jasadlari qaytarilishi kerak.
Isroil mingga yaqin falastinlikni qamoqxonalardan ozod etishga va’da bergan, shundan 190 nafari jiddiy ayblovlar bo‘yicha kamida 15 yilga qamalgan kishilardir.
Bu mahbuslarning barchasi ikkinchi bosqichda qaytarilishi yoki Isroil ularning bir qismini birinchi bosqich davridayoq qo‘yib yuborishi aniq emas.
Uchinchi bosqich
Kelishuvning uchinchi, yakuniy bosqichi G‘azoni qayta tiklashni ko‘zda tutadi, bunga esa yillar ketishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "PSJ" "Inter"ga javobsiz 5ta gol urib, o‘z tarixida ilk bor musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 01:49
-
Mashhurlar ishtirokidagi futbol turnirida janjal uyushtirganlardan biri 10 sutkaga qamaldi
Sport | 01:30
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02 / 31.05.2025
Mavzuga oid

14:42 / 31.05.2025
Rossiya TIV: AQSh Isroilni Falastin davlatini yaratish istiqbollarini yo‘q qilishda qo‘llab-quvvatlayapti

14:14 / 31.05.2025
Isroil G‘azo shimolidan falastinliklarni majburan ko‘chirishni boshladi

11:42 / 31.05.2025
Isroil askarlari G‘azoda yordam olishga yig‘ilganlarga qarata o‘t ochdi

08:59 / 31.05.2025