Prezident investitsiya va bozorlarni egallash uchun jahonda qattiq kurash ketayotganini aytdi
Mutasaddilarga har bir tarmoqning tashqi bozorlardagi imkoniyatini tahlil qilib, uch yillik eksport strategiyasini ishlab chiqish topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda davlat rahbari investitsiya va bozorlarni egallash uchun jahonda qattiq kurash ketayotganini qayd etdi.
Loyihalar uchun chetdan mablag‘ olib kelish qanchalik qiyin bo‘layotganini, uni samarali ishlatish kerakligini barcha rahbarlar tushunishi shartligi aytildi, belgilab berilgan vazifalar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, aniq mexanizmini belgilab, eng quyi bo‘g‘ingacha tushirish topshirildi.
Vazirlar, tarmoq rahbarlari, viloyat hokimlari oldiga tumanlarga tushib, o‘z ishini joyida tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.
Tashqi bozordagi kuchli raqobat, logistikadagi qiyinchiliklarga qaramasdan, bu yil eksportni 30 milliard dollardan oshirish zarurligi qayd etildi.
O‘zbekistonda xomashyosi bo‘lgan to‘qimachilik, elektrotexnika kabi “drayver” tarmoqlarda bor imkoniyat to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Kreativ yondashuvlardan foydalanib, bu tarmoqlar eksportini 2-3 karra oshirish imkoniyati borligi ta’kidlandi.
Shu bois, bu ikkita drayver tarmoqni rivojlantirish, eksportga ishlayotgan korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash katta qaror loyihasi tayyorlandi.
Xususan, eksportchilarni aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun alohida Faktoring tashkiloti ochilib, unga 100 million dollar ajratiladi. Korxonalarning xalqaro sertifikat talablariga moslashish xarajatlarining 20 ming dollargacha qismi qoplab beriladi.
Rivojlanish va tadqiqot markazlari uchun olib kelinadigan laboratoriya jihozlari bojxona bojlaridan ozod qilinadi. Xalqaro marketpleyslar orqali mahalliy mahsulotlarni ilgari surish uchun 2 million dollar yo‘naltiriladi.
Mutasaddilarga har bir tarmoqning tashqi bozorlardagi imkoniyatini tahlil qilib, uch yillik eksport strategiyasini ishlab chiqish topshirildi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
Iqtisodiyot | 12:35
-
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashi majlisida qatnashdi
O‘zbekiston | 12:33
-
Hafta oxirida bulutli havo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:26
-
Ispaniya qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etadi
O‘zbekiston | 11:49
Mavzuga oid

16:11 / 17.04.2025
Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi

15:20 / 17.04.2025
Islomiy investitsiyalar potensiali – 4 trillion dollar. Unga ochilish uchun esa bizda ekotizim yo‘q - mutaxassislar

20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi

20:21 / 16.04.2025