Moody’s Ratings xalqaro reyting agentligi Özbekistonning suveren kredit reytingini Ba3 dan Ba2 darajasiga oşirdi. Reyting böyiça kutilma esa «ijobiy»dan «barqaror»ga özgartirildi.
Qayd etilişiça, Özbekiston kredit profilining yaxşilanişi barqaror va tobora diversifikatsiyalaşib borayotgan iqtisodiy ösiş, budjet intizomining mustahkamlanişi va şartli majburiyatlarni boşqarişning yaxşilanişi bilan boğliq. Şuningdek, Moody’s korporativ boşqaruvni takomillaştiriş, raqobatni kuçaytiriş va iqtisodiyotda davlat rolini bosqiçma-bosqiç qisqartiriş çoralarini alohida ta’kidlab ötgan.
Sönggi uç yilda mamlakatning real YaIM örtaça 6,9 foizga ösganligi ham reytingning qayta körib çiqilişiga asos bölgan. Xalqaro ekspertlarga köra, Özbekiston iqtisodiyoti taşqi şoklar fonida öz barqarorligini saqlab qolgan. YaIM ösişi 2025 yilda 7,7 foizga yetgan bölsa, 2026 yilning birinçi çoragida 8,7 foizgaça tezlaşdi. Ösiş bazasi oltin qazib oliş va toğ-kon sektori bilan bir qatorda xizmat körsatiş, qayta işlaş sanoati hamda quriliş hisobiga kengayişda davom etadi. Şuningdek, ösişni investitsiyalar hamda pul ötkazmalari qöllab-quvvatlayapti.
Agentlik reytingning yanada oşişiga olib kelişi mumkin bölgan omillar sifatida islohotlarning barqaror davom ettirilişi, boşqaruv sifati va institutlar samaradorligining yaxşilanişi, davlat korxonalari va banklari bilan boğliq fiskal xatarlarning kamaytirilişi, şuningdek, xususiy sektor unumdorligi va investitsiyalari hisobiga iqtisodiy ösiş bazasining kengaytirilişini sanab ötdi.
Öz navbatida, islohotlar sezilarli darajada sekinlaşsa yoki ortga qaytsa, budjet körsatkiçlari yomonlaşsa, davlat korxonalari, davlat banklari yoki DXŞ loyihalarining şartli majburiyatlari yuzaga kelsa, şuningdek, taşqi buferlar zaiflaşsa, reytingning pasayiş bosimi vujudga kelişi mumkin.
Ba3 va Ba2 darajalari örtasida qanday farq bor?
Moody’s reyting şkalasi yuzaga kelişi mumkin bölgan moliyaviy xatarlarga qarab ikki katta guruhga bölinadi: investitsion daraja (xatar past, işonçlilik yuqori) va spekulyativ daraja (ma’lum darajada risk saqlanib qolgan). Umuman olganda, Ba3 ham Ba2 ham spekulyativ guruhining yuqori qismiga kiradi ya’ni reyting hali ham investitsion darajadan past. Bu mamlakat öz qarzlarini tölaş qobiliyatiga ega ekanligini, ammo global iqtisodiy tebranişlar yoki taşqi şoklarga nisbatan ta’sirçanligiça qolayotganini bildiradi. Harflar yonidagi raqamlar (1, 2, 3) guruh içidagi poğonalarni bildiradi, bunda 1 — eng yaxşi, 3 — eng past körsatkiç hisoblanadi. Demak, Ba2 reytingi Ba3’dan bir poğona yuqori natija. Bu davlatning moliyaviy barqarorligi oşgani, budjet intizomi kuçaygani va kredit qobiliyati böyiça xatarlar kamayganini körsatadi.













