Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirildi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorga o‘zgartirishlar kiritildi.
Hujjat qonunlar qabul qilinishi hamda prezident farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
O‘zgartirish va qo‘shimchalarda quyidagilar nazarda tutilgan:
• qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer uchastkasi ijarachisi yerdan foydalanishning asosiy maqsadli vazifasini o‘zgartirmagan holda yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga berish (qayta topshirish) bo‘yicha bitimni rasmiylashtirish uchun notarial idoraga shaxsan murojaat qilishi shart;
• qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer uchastkasi boshqa shaxsga faqat to‘liq hajmda ijaraga berilishi mumkin, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlar esa ijaraning qolgan muddatiga rasmiylashtiriladi.
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026