AQSh Ukrainada dronlar ishlab chiqarishga yashirincha 1,5 mlrd dollar mablag‘ yo‘naltirgani ma’lum bo‘ldi
Bayden administratsiyasi Ukrainaga ko‘rsatilgan harbiy yordam bo‘yicha hujjatlarning oxirgi qismini maxfiylikdan chiqardi. NYT’ning yozishicha, ular dronlarni ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga oid maxfiy dasturga taalluqli.

Foto: The New York Times
16 yanvar kuni AQSh prezidenti Jo Bayden administratsiyasi Ukrainaga ko‘rsatilgan harbiy yordam bo‘yicha hujjatlarning oxirgi qismini maxfiylikdan chiqardi — ular dronlarni ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga oid maxfiy dasturga taalluqli, deb xabar beradi The New York Times.
Hujjatga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar texnik qo‘llab-quvvatlovdan tashqari, harbiy uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqaradigan Ukraina korxonalariga kamida 1,5 milliard dollar sarflagan.
AQSh mablag‘larni dron ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun ehtiyot qismlarni xarid qilish uchun ajratgan. Bundan tashqari, AQSh Ukrainaga uchuvchisiz uchish apparatlari dasturini ishlab chiqishda ukrain harbiylariga yordam berish uchun Amerika razvedkasi xodimlarini ham yuborgan.
AQSh ko‘magida Ukraina o‘z hududida yangi avlod dronlarini ishlab chiqara olgan va keyinroq uni kengaytirishga muvaffaq bo‘lgan. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivanning ta’kidlashicha, bu Rossiya—Ukraina urushiga «real strategik ta’sir» ko‘rsatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, dronlar urushda «borgan sari muhim ahamiyat kasb etmoqda» va ular kelajakdagi janglarning asosiy qurollaridan biriga aylanishi mumkin.
Sallivanning qayd etishicha, Ukraina ilk bor dronlardan 2022 yil kuzida birinchi qarshi hujum vaqtida foydalangan. 2023 yilda UQKning qarshi hujumi u qadar muvaffaqiyatli kechmagach, amerikalik amaldorlar Ukrainada dronlar ishlab chiqarilishiga ko‘proq yordam ajratishga qaror qilgan. Prezident maslahatchisining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya armiyasi 2023 yilda Ukraina harbiylarining hujumini dronlardan foydalangan holda to‘xtatib qolishga erishgan.
2022 yil oxiri — 2023 yil boshida Rossiya—Ukraina urushida «dronlar inqilobi» yuz berdi: ikkala armiyaning deyarli har bir bo‘linmasida tijoriy razvedka dronlari paydo bo‘ldi. 2023 yilda UQK, keyinroq Rossiya Qurolli kuchlari minglab kamikadze dronlarni qo‘lga kiritdi. O‘sha yilning oxirida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2024 yilda mamlakat bu turdagi dronlardan 1 million dona, shuningdek, o‘rta va uzoq masofaga mo‘ljallangan uchuvchisiz uchish apparatlaridan kamida 10 ming dona ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Levi's®ʼning O‘zbekistonga qaytishi: yangi konsepsiya, yangi qarash
Jamiyat | 18:00
-
Foto: "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida bayram tantanasi qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 17:58
-
O‘zbekiston Nauru bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
O‘zbekiston | 17:40
-
Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonda quriladigan kichik AES loyihasida ishtirok etishi mumkin
O‘zbekiston | 17:37
Mavzuga oid

12:58
Rossiya Telegram-kanallari: Ukraina qurolli kuchlari "Sudja" stansiyasiga hujum qildi

09:33
Ukraina va Rossiya 24 mart kuni Saudiya Arabistonida AQSh bilan uchrashadi

20:27 / 20.03.2025
Reuters: Razvedka Trampga Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylar qurshovda emasligini ma’lum qilgan

16:09 / 20.03.2025