Moskvada pensioner 100 ming dollarni balkondan uloqtirib yubordi
Firibgarlar davlat organi rahbari nomidan pensionerga qo‘ng‘iroq qilgan va u uyida 100 ming dollarni saqlayotganini aniqlagan. Shundan keyin ular 92 yoshli iste’fodagi polkovnikni o‘z pullarini balkondan tashlashga ko‘ndirgan.
Moskvada firibgarlarga aldangan pensioner 100 ming dollar pulini balkondan tashlab yubordi. Bu haqda Rossiyada poytaxti prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, firibgarlar 92 yoshli pensionerga videoqo‘ng‘iroq orqali aloqaga chiqqan, ular tasvirni o‘zgartirish texnologiyasi yordamida o‘zlarini davlat organi rahbari va uning yordamchisi sifatida tanishtirib, pensionerni jinoyatchini ushlash bo‘yicha operatsiyada ishtirok etishga ko‘ndirgan.
Prokuratura firibgarlar o‘zlarini kim sifatida tanishtirganiga oydinlik kiritmagan. «Izvestiya»ning o‘z manbalariga tayanib yozishicha, firibgarlar chuv tushgan iste’fodagi polkovnikka Moskva meri Sergey Sobyanin nomidan qo‘ng‘iroq qilishgan.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, firibgarlar pensionerga tintuv o‘tkazish bilan tahdid qilib, uning uyida 100 ming dollar saqlanayotganidan xabar topgan. Ular jabrlanuvchini o‘z mablag‘larini sug‘urta yacheykasiga joylashtirishga ko‘ndirgan.
«Pullarga ega chiqish maqsadida ular pensionerni shartli signaldan (uy oldiga kelgan kurer qo‘li bilan birga ishora) keyin 100 ming dollarni balkondan uloqtirishga ko‘ndirgan. Bunda konspiratsiya uchun kvartiradagi chiroqni o‘chirish, shuhbali odamlar va mashinalarni qidirish uchun esa fonarni olib, ko‘chani yoritish talab qilingan — pensioner bularni bajargan», — deyiladi idora xabarida.
Shundan keyin firibgarlar pensionerga rafiqasining bank omonatidagi pullarni o‘g‘irlamoqchi ekanini aytib, mablag‘larni yechib olishni tavsiya qilgan.
Erkak o‘zini aldashayotganini tushunib yetgan va huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan. Kuch tuzilmalari xodimlari pullarning ikkinchi qismini olgani kelgan 20 yoshli kurerni hibsga olgan.
Mavzuga oid

07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

14:35 / 08.05.2025
Moskvada yashovchilar banklar, do‘konlar va taksilar ishida uzilishlarga duch kelmoqda

12:41 / 08.05.2025