Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grenlandiya Daniya ishtirokisiz AQSh bilan mudofaa bitimini uzaytirmoqchi
Grenlandiyalik deputatning qayd etishicha, orol Daniya va YeI bilan ham alohida bitim imzolashi mumkin. «Daniya referendum o‘tkazmasdan orolni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan», - deydi u.

Foto: Reuters
Grenlandiya AQSh bilan mudofaa bitimini Daniya ishtirokisiz uzaytirish niyatida. Bu haqda hukumat koalitsiyasi partiyasining deputati Kuno Fenker ma’lum qildi. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, Grenlandiya Daniya va YeI bilan alohida bitim imzolashi mumkin.
«Bizda Daniyaning Qo‘shma Shtatlar bilan mudofaa bitimi bor. Uni qayta tiklashni istaymiz, ammo uni faqat Grenlandiya va AQSh o‘rtasida imzolash niyatidamiz», — deydi Fenker.
Uning ta’kidlashicha, Grenlandiya Daniya orqali bo‘lsa-da, NATO a’zosi hisoblanishi, orolda esa AQShning harbiy ishtiroki mavjud.
«Daniya bizni mustamlaka qilib, grenlandiyaliklar uchun referendum o‘tkazmasdan o‘z tarkibiga qo‘shib olgan. Shu orqali Daniyaning de-fakto Grenlandiyaga qonuniy haqqi yo‘q», — deya ta’kidlaydi Fenker.
2024 yil dekabr oxirlarida Daniya harbiy idorasi rahbari dunyodagi eng katta orolning mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish rejalari haqida e’lon qilgandi. Bu AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani sotib olish niyatida haqida e’lon qilganidan keyin sodir bo‘ldi. U mazkur rejasini «milliy xavfsizlik va butun dunyo ozodligi» masalasi deb atagan. Grenlandiya savdo vaziri Naayya Natanielsen bunga javoban orol AQSh tarkibiga kirilishga intilmayotgani, biroq hukumat Vashington bilan bitim imzolashga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.
O‘z navbatida Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede bir necha bor orol mustaqilligini qo‘llab-quvvatlagan va orol «sotilmaydi» dedi. Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen qirollik yaxlitligini saqlab qolish istagini bildirdi, biroq orolning mustaqillikka intilishini «qonuniy va tushunarli» deb atadi.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI va AQSh yetakchilari Ukraina bo‘yicha muloqot o‘tkazdi
Jahon | 21:36
-
Ozarboyjon va Armaniston tinchlik kelishuviga yaqinmi? Qanday ziddiyatlar va risklar bor?
Jahon | 21:18
-
Yoahim Lyov O‘zbekiston terma jamoasida ishlamasligini ma’lum qildi - OAV
Sport | 21:09
-
Moskvada migrantlarga taksichilik qilish taqiqlanmasligi aytildi
Jahon | 20:33
Mavzuga oid

13:53 / 06.08.2025
So‘rov: Nemislarning aksariyati mudofaa xarajatlarini oshirish tarafdori

07:11 / 04.08.2025
Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

22:00 / 29.07.2025
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etiladi

19:47 / 27.07.2025