Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganchdan Qo‘ng‘irotga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Poyezd qatnovi har kuni Urganchdan soat 06:00 da, Qo‘ng‘irotdan soat 13:24 da harakatlanadi.
Urganch — Qo‘ng‘irot — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 20 yanvar sanasidan boshlab yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Urganch — Qo‘ng‘irot — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Qatnovlar Qoraqalpog‘iston bo‘yicha amalga oshirilgan megaloyihalardan biri bo‘lgan Amudaryo ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prik orqali amalga oshiriladi.
Poyezd qatnovi har kuni Urganchdan soat 06:00 da, Qo‘ng‘irotdan soat 13:24 da harakatlanadi.
Xorazm viloyatini Qoraqalpog‘iston bilan bog‘lovchi ko‘prik 2024 yil fevralda foydalanishga topshirilgan edi. Ko‘prikning uzunligi 423 metr. U bilan birga Shovot-Qorao‘zak bekatlarini bog‘laydigan 85 kilometrlik temiryo‘l hamda uchta vokzal ham barpo etilgan.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026