WP: Razvedka Boltiq dengizidagi kabellar shikastlanishiga Rossiyaning aloqadorligini aniqlamadi
AQSh va Yevropa maxsus xizmatlarining fikricha, suvosti kabellariga tasodif tufayli shikast yetgan bo‘lishi mumkin. Kemalar bu ishni qasddan yoki Moskvaning ko‘rsatmasiga asosan amalga oshirganini isbotlovchi dalillar topilmagan.

Foto: AP
Boltiq dengizida kabellarga shikast yetkazilishi Rossiyaning qasddan uyushtirgan harakati emas, balki tasodifan sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Yevropa va AQSh maxsus xizmatlarining umumiy xulosasida so‘z boradi.
The Washington Post tergovda ishtirok etayotgan uch mamlakatning yuqori martabali amaldorlariga tayanib yozishicha, hozirga qadar langarini tashlagan holda harakatlangan kemalar bu ishni qasddan yoki Moskvaning ko‘rsatmasiga asosan qilganini isbotlovchi dalillar topilmagan. To‘plangan ma’lumotlar mazkur voqea «ekipajning tajribasizligi» va kemalarga yomon xizmat ko‘rsatilishi oqibatida yuzaga kelganini ko‘rsatmoqda.
Ta’kidlanishicha, Finlandiya razvedkasi ham ittifoq razvedkachilarining xulosasiga qo‘shilgan. Finlandiya Milliy tergov byurosining ma’lum qilishicha, tergov hamon ochiq va sabablar to‘g‘risida xulosa qilishga «juda erta».
Oxirgi 1,5 yilda Boltiq dengizida uchta telekommunikatsiya kabeliga shikast yetkazildi — bu 2023 yil oktyabrda, shuningdek, 2024 yilning oktyabr va noyabrlarida sodir bo‘ldi.
2024 yil dekabrda suvosti kabelini uzib yuborganlikda gumonlangan Eagle S tanker Finlandiya hukumati tomonidan to‘xtatilgan, uning bir necha ekipaj a’zolariga mamlakatdan chiqib ketish taqiqlangan. Rossiya hukumati mazkur voqeaga aloqasi yo‘qligini rasman ma’lum qilgan.
2023 yilda kabelga shikast yetkazgan kema Xitoy kompaniyasiga tegishli, shu bois XXRning o‘zi tergov o‘tkazgan. Pekin yakunda mazkur voqea tasodifan yuz bergani to‘g‘risida xulosaga kelgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Litvada o‘lgan amerikaliklar: qutqarish amaliyoti xalqaro operatsiyaga aylanib ketdi
Jahon | 21:58
-
Pavel Durov Telegram’da virtual g‘ishtlar sotish ortidan 100 mln rubl ishlab oldi
Jahon | 21:55
-
1 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 21:40
-
“Kvars” davlat ixtiyoriga qaytarilganiga izoh berildi
O‘zbekiston | 21:36
Mavzuga oid

18:15 / 31.03.2025
Tramp Finlandiyadan muzyorar kemalar sotib olmoqchi

00:25 / 17.03.2025
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi

13:24 / 15.03.2025
O‘zbekiston va Finlandiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

18:05 / 17.02.2025