Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona shahri markazida 11 tup daraxt ruxsatsiz kesib tashlandi
Shaharning Yuksalish ko‘chasidagi atrofi o‘rab olinib, qurilish boshlangan hududda 11 tup archa daraxti kesib tashlangan.
Kun.uz holat bo‘yicha izoh olish uchun Farg‘ona shahar ekologiya bo‘limi boshlig‘i Suhrob Amirovga bog‘landi.
U holat bo‘yicha intervyu bera olmasligini, manzarali daraxtlar ruxsatnomasiz kesib tashlanganini bildirdi.




Uning qo‘shimcha qilishicha, bu ishni kim qilgani noma’lum. Daraxtkushlarni topib, ularga qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab viloyat prokuraturasiga boshqarma tomonidan xat chiqarilgan.


Eslatib o‘tamiz, bu Farg‘onada daraxt kesilishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Al-Farg‘oniy ko‘chasida joylashgan bog‘dagi 218 tup manzarali daraxt atrofi o‘rab olinib, qurilish ishlari boshlab yuborilgan bir paytda videolavha e’lon qilingan edi. Shundan keyin to‘siqlar olib tashlandi.
Shuningdek, Sayilgoh va al-Farg‘oniy ko‘chasi tutashgan hududda besh yulduzli mehmonxona qurilishi boshlanishi arafasida 25 yillik daraxtlar boshqa joyga ko‘chirilishi oqibatida ayrimlari qurib qolgan.
Kun.uz holatni kuzatishda davom etadi.
Mavzuga oid
09:58 / 02.03.2026
Autsorsing va keytring: nega bog‘chalarda ommaviy zaharlanishlar ro‘y beryapti? – mutaxassislar bilan suhbat
19:14 / 26.02.2026
Farg‘onadagi bog‘chada bolani tok urgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17:44 / 25.02.2026
Farg‘onada bolalar zaharlangan bog‘chalarga ovqat yetkazib bergan firma ta’sischisi o‘zgarib qoldi
17:25 / 25.02.2026