Farg‘onada 200 tupdan ortiq daraxti bo‘lgan hudud qurilish firmasi tomonidan o‘rab olindi
Farg‘ona shahrining Al-Farg‘oniy ko‘chasida joylashgan bog‘dagi 218 tup manzarali daraxt xavf ostida. Yoshlar bog‘i hududidagi 1 gektardan ortiq maydon “Far Tip Grant Qurilish” MChJ tomonidan temir to‘siqlar bilan o‘rab olinmoqda. Katta ehtimol bilan hududda ko‘p qavatli uy qurilishi mumkin.
Atrofi o‘rab olingan maydonda avval ham bir nechta chinor daraxti tagidan, boshqa manzarali daraxtlar esa yuqori qismidan kesib tashlangani ma’lum bo‘ldi.
Farg‘ona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi matbuot kotibi Gulnoza To‘xtasinovaning ma’lum qilishicha, o‘rab olingan maydonda 7 tup chinor daraxti, 31 tup gledichi, 16 tup akatsiya, 14 tup yapon saforasi, 80 tup archa, 2 tup aylanta, 1 tup tut va 67 tup kitob archa, jami 218 tup daraxt bor.
“Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, hududdagi daraxtlar xatlovga olindi. 6 yanvar kuni o‘rnatilayotgan temir to‘sinlarni olib tashlash bo‘yicha ogohlantirish xati berdik. Ammo ogohlantirishimizga qaramasdan o‘rab olish ishlari hamon davom etyapti. Bog‘ning asosan eng ko‘p daraxt bor qismi o‘rab olinmoqda. Hozir surishtiruv ishlari olib boryapmiz”, deydi Gulnoza To‘xtasinova.

Hudud atrofini o‘rash ishlarini nazorat qilayotgan fuqarolardan biri maydonda bino bunyod etilayotganidan xabari yo‘qligi, bu haqida ma’lumot bera olmasligini ta’kidladi.
Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi Farg‘ona shahar bo‘limining Kun.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, atrofi o‘rab olingan maydondagi qurilish ishlari “Far Tip Grant Qurilish” MChJga tegishli. MChJ tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan temir ustunlar olib tashlangan.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

10:37 / 11.04.2025
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi

17:46 / 04.04.2025
Farg‘onadagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

09:41 / 22.03.2025
40 metrli quduq tubida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

22:49 / 12.03.2025