Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri hokimligi ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
Shaharda noqonuniy bino va inshootlar buzilmoqda. Hokimlik ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyot bo‘lib, yuridik xizmatlardan maslahat olishni tavsiya qildi.
Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda, shu sababli ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyot bo‘lish lozim. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, shahar hokimligi bilan kelishilmagan, ayniqsa yo‘l bo‘ylab qurilgan noqonuniy inshootlar nafaqat shahar infratuzilmasi, balki aholining kundalik hayoti uchun ham jiddiy muammolar tug‘dirmoqda. Avtomobil to‘xtash joylari va kirish yo‘llarining yo‘qligi haydovchilar va piyodalarga noqulayliklar yaratmoqda. Bundan tashqari, bunday qurilmalar, irrigatsiya tizimiga zarar yetkazib, suv chiqarish kanallarini to‘sib qo‘yadi va bahor mavsumida hududlarni suv bosish xavfini oshiradi. Shuningdek, bolalar aravalari va imkoniyati cheklangan shaxslarning harakatlanishini qiyinlashtiradi. Shu bilan birga, shaharning me’moriy ko‘rinishini buzadi, yashil hududlarga kirish yo‘lini to‘sadi.
Xabarga ko‘ra, ayni damda tegishli tahlillar olib borilib, ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Toshkent shahri hokimligi maishiy va tijorat binolari, turar joy imoratlari uchun mavjud hujjatlarni shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini qayta tekshirishni, ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyot bo‘lib, yuridik xizmatlardan maslahat olishni tavsiya qildi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahri kadastr xizmatlari tomonidan berilgan hujjatlarsiz boshqa hech qanday hujjat turlari qonuniy kuchga ega emas.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026