Xitoyda uchishga va suv ostida suzishga qodir dron yaratildi
Apparat parvoz davomida foydalanadigan parraklar suvda 5 soniya ichida yig‘iladi va fyuzelyajga yopishib turadi - bu esa suv ostidagi qarshilikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Foto: Reuters
Xitoylik olimlar suvosti kemasidan uchirilib, uchishga va suv ostida suzishga qodir dunyodagi birinchi dronni yaratdi, deb xabar beradi South China Morning Post.
«Uchuvchisiz uchish qurilmasi o‘ziga xos yig‘ma qanot konstruksiyasi yordamida suv ostida va havoda harakatlanishi mumkin, bu uning maskirovkasi hamda omon qolish imkoniyatini sezilarli darajada yaxshilaydi», — deyiladi xabarda.
Apparat parvozlar uchun foydalanadigan parraklar suvda 5 soniya ichida yig‘iladi va fyuzelyajga yopishib turadi — bu esa suv ostidagi qarshilikni kamaytirishga xizmat qiladi, maxsus eshkak parraklari esa uning suzishini ta’minlaydi.
Uchuvchisiz uchish apparati Shimoli-g‘arbiy politexnika universitetining Xitoy aerodinamik tadqiqotlar va ixtirolar markazi bilan hamkorligida yaratilgan bo‘lib, u suvosti kemasidan uchirishga mo‘ljallangan. Missiya yakunlanganidan keyin dron yana o‘z joyiga qaytadi. Havoda manyovrchan ekani va suvda ishlash imkoniyati tufayli undan razvedka hamda zarbalar berishda foydalanish mumkin.
Nashrning yozishicha, mavjud mudofaa texnologiyalari bu turdagi qurollarni to‘xtatishga qodir emas.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Shimoli-g‘arbiy politexnika universiteti olimlari lazer yordamida uzoq vaqt parvoz qila oladigan dron yaratilganini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi
Jahon | 00:51
-
Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul merining hibsga olinishini siyosiylashtirishda aybladi
Jahon | 00:19
-
Navro‘z bayramida Toshkentda avtobus va metro qanday tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat | 23:41 / 20.03.2025
-
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
Jahon | 23:39 / 20.03.2025
Mavzuga oid

19:10 / 20.03.2025
Xitoyda to‘rt nafar Kanada fuqarosi qatl etildi

10:06 / 20.03.2025
Xitoyda uy hayvonlarini klonlash xizmati ommalashmoqda

00:55 / 20.03.2025
Xitoyda institutning sobiq xodimi josuslik uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi

22:02 / 18.03.2025