Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya instituti O‘zbekistonning qadimiy va noyob merosini targ‘ib qiladi
Islom tushunchasi va sivilizatsiyasi xalqaro instituti O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi, ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati haqida ko‘rgazmalar, ilmiy seminarlar va taqdimotlar o‘tkazadi.
Imom Moturidiy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida Islom tushunchasi va sivilizatsiyasi xalqaro institutida muloqot tashkil etildi.
Suhbat davomida Islom tushunchasi va sivilizatsiyasi xalqaro instituti direktori Abdulaziz Berghout Yangi O‘zbekistondagi islohotlar natijalarini yuqori baholadi.
Ushbu ilmiy muassasa Malayziyada alohida nufuzga ega institut bo‘lib, bu yerda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan tadqiqotchilar islom ilm-fani, zamonaviy diniy jarayonlar, qadimiy qo‘lyozmalarga oid tadqiqotlarni amalga oshiradi.
Mazkur institut o‘zining noyob arxitekturaga ega binosi bilan Kuala-Lumpur shahrida joylashgan. U Ispaniyada joylashgan musulmon me’morligining noyob namunasi – Algambra (al-Hamro) asosida bunyod etilgan. Bu yerda islom ilm-faniga oid minglab qo‘lyozmalar saqlanadi. Ular orasida Beruniy asarlarining qadimiy nusxalari bor.
Institut direktori O‘zbekistondagi xalqaro tadqiqot markazlari bilan birgalikda davra suhbatini o‘tkazish taklifini bildirdi.
Shuningdek, Berghout ushbu institut imkoniyatlaridan foydalanib, Malayziya ilmiy jamoatchiligi uchun O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi, ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati haqida ko‘rgazmalar, ilmiy seminarlar va taqdimotlar o‘tkazish istagida ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026