Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy tashqi savdosida O‘zbekiston ulushi kamaydi
Xitoy o‘tgan yili Markaziy Osiyo davlatlari bilan qariyb 95 milliard dollarga savdo qildi. O‘zbekistonning ulushi kamaygani qayd etildi.
2024 yil yakuniga ko‘ra, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi umumiy tovar ayirboshlash hajmi 94,8 milliard dollarni tashkil etdi, bu haqda Xitoy Bosh bojxona boshqarmasiga tayanib Qozog‘istonning Zakon nashri xabar berdi.
Qayd qilinishicha, savdo aylanmasi 2023 yilga (89,4 milliard dollar) nisbatan 5,4 milliard dollarga oshdi.
Hajmning asosiy qismi – 43,8 milliard dollar yoki 46 foizdan ortig‘i Qozog‘istonga to‘g‘ri keldi. Qolgan davlatlar o‘rtasidagi taqsimot quyidagicha:
- Qirg‘iziston — 22,7 milliard dollar (24%);
- O‘zbekiston — 13,7 mlrd dollar (14,5%);
- Turkmaniston — 10,6 milliard dollar (11%);
- Tojikiston — 3,8 mlrd dollar (4%).
Qozog‘iston (2,8 milliard dollarga o‘sish), Qirg‘iziston (2,9 milliard dollar) va Turkmaniston (57 million dollar) bilan savdoda ijobiy dinamika kuzatilgan. Biroq Tojikiston va O‘zbekiston bilan o‘zaro savdo hajmi mos ravishda 65 million dollar va 260 million dollarga kamaygan.
Mavzuga oid
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
17:53 / 08.06.2026