Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya va Irlandiyada to‘fon tufayli mingdan ortiq reyslar bekor qilindi
Tabiiy ofat kuzatilayotgan hududda joylashgan milliondan ortiq uy xo‘jaliklari, ferma va korxonalar elektr ta’minotisiz qolgan. Qator avtomagistrallar ob-havoning «qizil» darajadagi xavfi tufayli yopilgan.
Irlandiya va Buyuk Britaniyaning shimoliy qismlariga «Eovin» to‘foni yopirildi. Sky News ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida Irlandiyaning Donegol grafligida daraxt qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.
O‘z navbatida The Guardian’ning yozishicha, minglab reyslar bekor qilingan, qator avtomagistrallar ob-havoning «qizil» darajadagi xavfi tufayli yopilgan.
Irlandiyaga yopirilgan to‘fon shamolining tezligi soatiga 183 kilometrga yetgan bo‘lib, bu Ikkinchi jahon urushidan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Qayd etilishicha, Irlandiya va Shimoliy Irlandiyadagi milliondan ortiq uy xo‘jaliklari, ferma va korxonalar, shuningdek, Shotlandiyada 100 mingga yaqin iste’molchi elektr ta’minotisiz qolgan. Mamlakat hukumatiga ko‘ra, elektr energiyasi ta’minotini to‘liq tiklash uchun 10 kungacha vaqt kerak bo‘ladi.
Kuchli shamol temiryo‘l infratuzilmasiga ham zarar yetkazgan, paromlar qatnovi bekor qilingan.
Mavzuga oid
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
15:29 / 08.11.2025
«Kalmayegi» to‘foni Vetnamga yopirildi: halok bo‘lganlar bor
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
08:37 / 06.11.2025