Reuters: Hamas Isroil bilan urush davrida 15 minggacha yangi a’zo yollagan
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil va Hamas o‘rtasidagi urush paytida o‘ldirilgan hamaschilarning o‘rni to‘ldirilgan.

Foto: REUTERS/Ibraheem Abu Mustafa
Hamas guruhi Isroil bilan urush boshlanganidan beri 10-15 ming nafar yangi a’zoni o‘z safiga qo‘shgan. Bu haqda Reuters agentligi AQSh Kongressida Amerika razvedkasi ma’lumotlari bilan tanish bo‘lgan manbalarga tayanib xabar berdi.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil va Hamas o‘rtasidagi urush paytida «taxminan shuncha» hamaschi o‘ldirilgan.
Agentlik suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, yollanganlar soni ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularning ko‘pchiligi «yosh va jangga tayyor emas».
14 yanvar kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Hamas urushda qancha jangari yo‘qotgan bo‘lsa, shunchasini yollaganini aytdi. U aniq raqamlarni keltirmadi, biroq Isroil G‘azo sektorida o‘ldirilgan jangarilarning umumiy sonini 20 ming nafar deb hisoblamoqda.
Isroilning BMTdagi elchisi Dani Danon ham Hamas yoshlarni yollayotganini aytdi, biroq u yollanganlarni terrorchi deb hisoblamaydi. «Ular yoshlarni yollasa ham, ularning qurol-yarog‘i, o‘quv jihozlari yo‘q. Bu yoshlarni Isroilga qarshi qo‘yish mumkin, lekin ular terrorchi bo‘la olmaydi, chunki ularni qurol yoki raketa bilan ta’minlay olmaysiz», dedi u.
2023 yil 7 oktyabrda Hamas Isroilga hujum qilib, 250 dan ortiq kishini garovga olgandi. Tinch aholi vakillari va harbiylar bo‘lgan 1200 kishi hujum vaqtida halok bo‘lgan. Bunga javoban Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektorini bombardimon qilishga kirishdi va quruqlik amaliyotini boshladi.
2025 yil 19 yanvarda G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirdi. Hozirgacha Hamas Isroilga 7 oktyabrda garovga olinganlardan yana yetti nafarini qaytardi. Olti hafta davomida garovda qolayotgan 97 kishidan 33 nafarini ozod etish ko‘zda tutilgan. Isroil o‘zining har bir fuqarosi uchun 30 nafardan, har bir harbiysi uchun 50 nafardan falastinlikni qo‘yib yuborishi kerak bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Zarafshon” milliy tabiat bog‘i va ikkita davlat qo‘riqxonasi hududi kengaytirildi
O‘zbekiston | 08:00
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
Mavzuga oid

23:14 / 12.03.2025
Arab davlatlari TIV rahbarlari G‘azoni qayta tiklash masalasini muhokama qilmoqda - OAV

13:23 / 12.03.2025
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025