Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NBC: Meksika AQSh harbiy samolyoti qo‘nishiga ruxsat bermadi
Havo kemasi bortida Qo‘shma Shtatlardan deportatsiya qilingan noqonuniy migrantlar bo‘lgan. Meksika hukumatining ushbu harakati Tramp administratsiyasining migrantlarni deportatsiya qilish rejasini vaqtincha barbod qildi.
Meksika 23 yanvar kuni Amerika harbiy samolyotining qo‘nishiga ruxsat bermadi. Bu haqda NBC telekanali ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Meksika hukumatining ushbu harakati AQSh administratsiyasining noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish rejasini vaqtincha barbod qilgan.
Manbalarga ko‘ra, Harbiy-havo kuchlarining Gvatemalaga yo‘l olgan ikkita C-17 samolyoti bortida AQShdan deportatsiya qilingan qariyb 160 kishi bo‘lgan. Meksikaga uchishi rejalashtirilgan uchinchi reys esa havoga ko‘tarilmagan. Bunga Meksika tomoni samolyotni qabul qilishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.
21 yanvar kuni AQSh prezidenti Donadl Tramp janubiy chegaralardagi inqiroz tufayli umummilliy favqulodda vaziyat rejimini joriy etgandi. 23 yanvar kuni Tramp noqonuniy migrantlarning janubiy chegaralar orqali kirib kelishini to‘xtatish va ularni chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.
Avvalroq Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum AQSh hududiga o‘tish uchun Meksikaga kelgan noqonuniy migrantlar o‘z mamlakatiga qaytarilishini ma’lum qilgandi. «Markaziy Amerikaning barcha davlatlari, xususan, Gvatemala bilan kelishuv mavjud va hatto yaqinda shu maqsadda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kuba bilan ham kelishuv mavjud. Noqonuniy migrantlar Meksika hududiga emas, balki kelgan mamlakatiga jo‘natilishi kerak», degan davlat rahbari.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
14:43 / 07.07.2026
Tramp Infantinodan Balogunga jazoni bekor qilishni so‘raganini tan oldi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
12:25 / 06.07.2026