Zelenskiy: AQShning Ukrainaga ko‘rsatayotgan harbiy yordami to‘xtagani yo‘q
AQSh Davlat departamenti mavjud chet el grantlariga ajratiladigan xarajatlarni 90 kunga to‘xtatish bo‘yicha topshiriq bergan. Zelenskiyga ko‘ra, ushbu cheklovlar «gumanitar dasturlarga taalluqli» bo‘lib, Ukrainaga harbiy yordamlar kelishda davom etmoqda.

Foto: RBK-Ukraina
AQSh Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni davom etmoqda. Bu haqda Volodimir Zelenskiy Davlat departamenti boshqa mamlakatlarga yordam dasturini 90 kunga to‘xtatgani haqidagi xabarlarga bergan izohida ma’lum qildi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u «gumanitar dasturlarga 90 kunlik qandaydir cheklovlar borligidan» xabardor.
«Qandaydir cheklovlar borligini bilaman, yaxshilab e’tibor qaratish kerak. Gumanitar dasturlarga 90 kunlik cheklov. Dunyoda AQSh hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelingan ko‘plab institutlar borligidan xabardorman... Men harbiy yordamga e’tirob qaratganman va u to‘xtatilgani yo‘q», — deydi u Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Marko Rubio mavjud chet el grantlariga ajratiladigan xarajatlarni 90 kunga to‘xtatish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Bunday qaror Tramp 20 yanvar kuni prezidentlik lavozimiga kirishganidan keyin qabul qilingan — barcha dasturlar AQSh tashqi siyosatiga mos kelish yoki kelmasligi o‘rganib chiqilgunga qarad to‘xtatiladi. Politico nashri Davlat departamentining qarori Ukrainaga ko‘rsatilayotgan harbiy yordamlarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida yozgandi.
Ukrianadagi loyihalarga mas’ul bo‘lgan Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) xodimlari barcha ishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma olgan. Reuters manbasining so‘zlariga ko‘ra, maktablar va sog‘liqni saqlash sohasiga oid loyihalarni qo‘llab-quvvatlash muzatilgan.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

22:36 / 17.04.2025
Zelenskiy Xitoyni Rossiyaga qurol yetkazib berishda aybladi

21:37 / 17.04.2025
Tramp Federal zaxira tizimi rahbarini iste’foga chiqarishga chaqirdi

17:01 / 17.04.2025
Tramp ma’muriyati Xitoyning DeepSeek chatbotini AQShda bloklash masalasini muhokama qilmoqda

12:46 / 17.04.2025