Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda qizini kaltaklab o‘ldirgan erkak jazolandi
11 yoshli qizini qo‘l-oyog‘ini arqon bilan bog‘lab, kamar bilan ayovsiz urgan ota 9 yilga «kesildi».
Foto: Videodan kadr
Andijonda bufetdan so‘roqsiz yegulik olgani uchun qizini kaltaklab o‘ldirgan erkak jazolandi. Bu haqda «Millar» dasturida xabar berildi.
Qotillik 2024 yil oktyabrida Marhamat tumanida sodir bo‘lgan. Erkak o‘zining 11 yoshli qizini qo‘l-oyog‘ini arqon bilan bog‘lab qo‘yib, kamar bilan ayovsiz urgan. Qiz olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.
Qayd qilinishicha, 6-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz maktab bufetidan so‘roqsiz yegulik olgan. Bu holat bir necha marotaba takrorlangani uchun o‘qituvchisi qizning ustidan otasiga shikoyat qilgan. Buni eshitgan ota uni uyga olib kelib, jazolash maqsadida rezina kamar bilan ko‘p marotaba urib, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Andijon tumani sudi hukmiga ko‘ra, ota Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan aybli deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Mavzuga oid
16:36 / 21.03.2026
Bir guruh hatayliklar Navro‘zni O‘zbekistonda nishonlamoqda
23:20 / 18.03.2026
Dunyo bo‘ylab bolalar semirishi epidemiyasi kuzatilmoqda
21:30 / 18.03.2026
“Jazoni og‘irlashtirishga ehtiyoj va talabni sezdik” – administratsiya rahbari o‘rinbosari
18:06 / 17.03.2026