Finlandiya chet el fuqarolariga doimiy Yashash guvohnomalarini berish tartibini kuchaytiradi
Endi mamlakatda kamida olti yil uzluksiz yashagan inson yashash guvohnomasini olish uchun ariza berishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, u fin yoki shved tilini yaxshi o‘zlashtirgan va yetarlicha ish stajiga ega bo‘lishi kerak.

Foto: Getty images
Finlandiya hukumati chet el fuqarolarining doimiy yashash guvohnomalarini olish talablarini kuchaytirish uchun qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati xabar berdi.
«Hukumat dasturining maqsadi — muhojirlarni fin jamiyati qoidalariga roiya qilishga, ishlashga va til o‘rganishga undash. Muvaffaqiyatli integratsiya doimiy yashash guvohnomalarini olish uchun zamin yaratadi», — deydi ichki ishlar vaziri Mari Rantanen.
Doimiy yashash ruxsatnomasini olish uchun respublikada uzluksiz yashash muddatini to‘rt yildan olti yilgacha uzaytirish taklif qilinmoqda. Olti yillik muddatdan keyin ariza beruvchi ikkita davlat tili — fin va shvedchani yetarlicha yaxshi bilishini isbotlashi kerak. Shuningdek, undan kamida ikki yillik ish tajribasiga ham ega bo‘lish talab etiladi.
Doimiy yashash ruxsatnomalarini to‘rt yil yashagandan keyin ham olish mumkin, ammo buning uchun qator shartlarni bajarishga to‘g‘ri keladi: yillik daromad kamida 40 ming yevroni tashkil etishi kerak; u Finlandiyada tan olingan oliy ta’lim darajasiga ega bo‘lishi yoki Finlandiyada aspiranturani tamomlashi va ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim; arizachi fin yoki shved tilini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi va uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak.
Barcha holatlarda ish staji mavjudligi talab qilinadi. Shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar uchun talablar kuchaytiriladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

14:29 / 04.04.2025
Stubb: Parij yoki London Rossiya bilan muloqotda yetakchi bo‘lishi kerak

21:06 / 02.04.2025
WSJ: AQSh deportatsiya qilinadigan migrantlarni Moldovaga jo‘natmoqchi

18:15 / 31.03.2025
Tramp Finlandiyadan muzyorar kemalar sotib olmoqchi

16:21 / 31.03.2025