Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston O‘zbekistonda biotexnologik dori vositalarini ishlab chiqaradi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Getz Pharma farmatsevtika kompaniyasi rahbari Xalid Mahmud bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekistonda farmatsevtika sohasini yanada rivojlantirish, mamlakatda dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Xalid Mahmud mamlakatda farmatsevtika sohasi taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish, tarmoqning xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorligini yanada oshirish uchun xalqaro standartlar tizimlari, jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) sertifikatini joriy etish, JSST tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarni yaratish zarurligini qayd etdi. Xalid Mahmud bu borada O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik qilish va tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.
Yaratilayotgan sharoit va berilayotgan imtiyozlardan unumli foydalanish maqsadida Getz Pharma rahbari Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasteri hududida biotexnologik dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonani bunyod etish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga kirishganini, u 2029 yilda to‘liq ishga tushirilishini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, shu jumladan, Karachi shahrida qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlarni birgalikda tashkil etish masalalari ham kelishib olindi.
Mavzuga oid
20:03 / 05.07.2026
Retsept asosida sotiladigan qariyb 2500 nomdagi dori narxlari pasaytirildi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026