Polsha prezidenti Duda «Shimoliy oqim» quvurini demontaj qilishga chaqirdi
«Shimoliy oqim» demontaj qilinishi kerak. Bu Ukraina, Polsha, Slovakiya va boshqa Markaziy Yevropa mamlakatlari uchun juda katta xavf tug‘diradi», dedi Anjyey Duda.

Foto: BBC
Polsha prezidenti Anjyey Dudaning aytishicha, Moskva va Kiyev tinchlik kelishuviga erishgan taqdirda ham Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishni tiklab bo‘lmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan beri foydalanilmayotgan «Shimoliy oqim» gaz quvurlari «demontaj qilinishi kerak».
«Umid qilamanki, Yevropa yetakchilari bundan saboq oladi... va bu quvurlar orqali gaz oqimini hech qachon qayta boshlamaslikka qaror qiladi. «Shimoliy oqim» demontaj qilinishi kerak. Bu Ukraina, Polsha, Slovakiya va boshqa Markaziy Yevropa mamlakatlari uchun juda katta xavf tug‘diradi», dedi Anjyey Duda BBC bilan suhbatda.
Polsha prezidenti qo‘shimcha qilganidek, «Shimoliy oqim» orqali gaz yetkazib berilishi ham energiya, ham iqtisodiy xavf tug‘diradi. Uning fikricha, ular «iqtisodiy ma’noda Rossiyaning Yevropa ustidan hukmronligi» degan ma’noni anglatadi.
Yanvar oyi boshida o‘ta o‘ng qanot AfD partiyasidan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod Germaniya saylovlarida g‘alaba qozonsa, «Shimoliy oqim» faoliyatini qayta boshlashini ma’lum qilgan edi.
Rossiyadan Germaniyaga olib boruvchi Boltiq dengizidagi «Shimoliy oqim» va «Shimoliy oqim-2» gaz quvurlarining to‘rt tarmog‘idan uchtasi 2022 yil sentabr oyi oxirida portlatildi. Shu paytda ularning hech birida gaz tashilmagan.
2024 yil sentabrida Germaniyada «Shimoliy oqim 1» va «Shimoliy oqim 2» gaz quvurlarini portlatish bilan bog‘liq ish bo‘yicha hibsga olish uchun bir qancha order chiqarildi. Diversiyada Ukraina suvga sho‘ng‘ish markazi Dive Team va Amerika sho‘ng‘ish bo‘yicha instruktorlar assotsiatsiyasi (PADI) xodimi Vladimir Juravlyov gumonlanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Juravlyov va uning sheriklari 2022 yil sentabr oyida Bavaria Cruiser 50 Andromeda yelkanli yaxtasida Rostok portidan chiqib ketishgan. Keyinchalik ular Boltiq dengizi tubidagi quvurlarga portlovchi moddalar o‘rnatgani taxmin qilinmoqda. Bu ishda undan tashqari yana besh kishi (to‘rt erkak va bir ayol) ishtirok etgan.
Kiyev Ukrainaning sabotajga aloqadorligini rad etadi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 1-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 08:10
-
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi
Jahon | 00:51
-
Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul merining hibsga olinishini siyosiylashtirishda aybladi
Jahon | 00:19
-
Navro‘z bayramida Toshkentda avtobus va metro qanday tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat | 23:41 / 20.03.2025
Mavzuga oid

17:19 / 13.03.2025
Polsha prezidenti yana bir bor AQShni yadroviy qurollarini o‘z mamlakati hududiga joylashtirishga chaqirdi

11:29 / 12.03.2025
Toshkent va Lyublinda O‘zbekiston-Polsha biznes-forumlari bo‘lib o‘tadi

21:33 / 11.03.2025
Polshada O‘zbekiston fuqarolarining ichki a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi

22:44 / 07.03.2025