Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya armiyasi safida urushda qatnashgan Italiya fuqarosini asirga oldi
Italiya Adliya vazirligi mamlakatning 51 yoshli fuqarosi haqiqatan ham asirga olinganini tasdiqladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Italiya tomoni uni ekstraditsiya qilishga erishmoqchi.
Italiya Adliya vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) Rossiya armiyasi safida urushda qatnashgan Italiya fuqarosini asirga olganini tasdiqladi.
Gap Janni Chenni ismli italiyalik haqida ketmoqda. Yanvar boshlarida Today nashri erkak o‘z ismini aytgani, biroq harbiylarga aloqador ekanini rad etgani tasvirlangan videoni e’lon qilgandi.
«Bugungi kunda texnik jihatdan hibsga olingan emas, balki jangovar harakatlar ishtirokchisi sifatida asirga tushgan Janni Chennining ekstraditsiyasi bo‘yicha so‘rovlardan bexabarmiz», — deyiladi Italiya Adliya vazirligi xabarida.
Today nashrining yozishicha, Italiya Janni Chenni ekstraditsiya qilinishiga erishmoqchi. Nashr, shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan italiyalikka 2024 yil 13 noyabrda berilgan harbiy guvohnoma suratini ham e’lon qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, UQK Janni Chennini 2025 yil 7-8 yanvar kunlari Xarkiv oblastida asirga olgan. Hozirda u Ukrainadagi shifoxonada davolanmoqda.
Ta’kidlanishicha, 51 yoshli Janni Chenni Italiya va Rossiya fuqaroligiga ega. So‘nggi yillarda u Samarada yashab, pitssa tayyorlovchi sifatida ishlab kelgan. Today’ning qayd etishicha, Janni Chenni 80 yil ichida harbiy asirga aylangan birinchi Italiya fuqarosi hisoblanadi. U ekstraditsiya qilingudek bo‘lsa, mamlakatda qamoqqa olinadi.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026