Elchi: Isroil Rossiya qurollarini Kiyevga topshirishni rejalashtirmayapti
Isroilning Ukrainadagi elchisi Mixael Brodskiyning aytishicha, uning mamlakati Livanda TSAHAL qo‘lga kiritgan rus qurollarini Ukraina tomoniga topshirish niyatida emas.

Foto: RFE / RL
Isroilning Ukrainadagi elchisi Mixael Brodskiyning aytishicha, uning mamlakati Livanda Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) tomonidan qo‘lga kiritilgan Rossiya qurollarini Ukraina tomoniga topshirishni rejalashtirmayapti. Diplomat 27 yanvar, dushanba kuni OAVga intervyu berdi.
«Bu Isroil tashabbusi emas, bu yerda qandaydir buzilgan telefon haqida gap ketyapti», — dedi u.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, Sharren Xaskel Knesset deputati bo‘lgan vaqtda xususiy qonunchilik tashabbusi bilan chiqqan, biroq u parlamentda qo‘llab-quvvatlanmagan.
Xaskel o‘shandan beri Isroil tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘ldi va shu tariqa xususiy tashabbuslarni ko‘rib chiqish uchun taqdim eta olmaydi, deya qo‘shimcha qildi u.
Diplomat: Isroil Mudofaa vazirligi bunday qarorlar qabul qilmagan
Bunday masalalar butunlay TSAHAL va Isroil Mudofaa vazirligining yurisdiksiyasida, deya aniqlik kiritdi Brodskiy. «Isroil Mudofaa vazirligi birorta ham bunday qarorga kelmagan», — deya ta’kidladi u.
21 yanvar kuni Ukrainaning Tel-Avivdagi elchixonasi o‘zining Facebookʼdagi sahifasida Isroil hukumati Livan yoki boshqa mamlakatlar va mintaqalarda Isroil mudofaa kuchlari tomonidan qo‘lga olingan Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni Ukrainaga topshirishga tayyorligini bildirdi. Yozuv Ukrainaning Isroildagi elchisi Yevgeniy Korniychuk va Isroil tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xaskel o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin paydo bo‘lgan.
Avvalroq Korniychuk Rossiyaning keng ko‘lamli hujumidan himoyalanayotgan Ukraina Livan va G‘azo sektorida Isroil armiyasi tomonidan qo‘lga olingan Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni olishga umid qilayotganini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
O‘zbekiston | 21:05
-
O‘zbekiston elchisi Andorra knyazi-hamraisiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 20:53
-
Putin urushdan qanday chiqishni bilmaydi – Vens
Jahon | 20:50
-
2025 yilning I choragida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi keskin oshdi
Iqtisodiyot | 20:27
Mavzuga oid

10:24
Isroil G‘azoga yana gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berdi

23:13 / 18.05.2025
Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi

22:36 / 17.05.2025
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi

13:37 / 17.05.2025