Hindistonda 17 kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi
O‘lim holatlari chekka Badxal qishlog‘ida qayd etilgan. Hududdagi 200 dan ortiq inson karantinga olingan.

Foto: Getty Images
Hindistondagi Jammu va Kashmir ittifoq hududi hukumati 17 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan noma’lum kasallik bo‘yicha tergov olib bormoqda. Bu haqda mahalliy amaldorlarga tayanib, Press Turust of India agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, chekka Badxal qishlog‘ida dekabr oyidan odamlar vafot etishni boshlagan — ularning 13 nafari bolalardir. O‘tgan hafta qishloq «alohida zonaga» aylantirilgan bo‘lib, 200 dan ortiq inson karantinga olingan.
Rajpuri davlat tibbiyot kolleji boshqaruvchisi Amarjit Singx Bxatiyaning ma’lum qilishicha, o‘lim holatlarining barchasida miya va asab tizimiga zarar yetgan. Halok bo‘lganlar — uch oilaning a’zolari.
«Qishki bayramlarni ham kechiktirishga to‘g‘ri keldi, birinchi navbatda tibbiy muammoni hal qilish kerak», — deydi Bxatiya.
Federal hukumat sog‘liqni saqlash vaziri Jitendra Singx bilan birgalikda tergovni boshlab yuborgan. Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, o‘lim holati «infeksiya, virus yoki bakteriya sabab emas, balki zaxarli modda tufayli» yuzaga kelgan.
«Toksinlar guruhi ustida o‘rganishlar olib borilyapti. Tez orada yechim topilishiga umid qilaman. Bundan tashqari, jinoyat yoki qasddan amalga oshirilgan harakatlar ehtimolligi ham tekshirilmoqda», — deydi Singx.
Dekabr boshlarida JSST Kongoda 24 oktyabrdan beri 400 dan ortiq insonda noma’lum virus aniqlangani va ularning 30 dan ortig‘i vafot etgani to‘g‘risida xabar bergandi. Kasallik tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, tumov, yo‘tal va tanadagi og‘riqlar kabi belgilar bilan kuzatilgan. Kasallikka chalinganlarning asosiy qismini besh yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etgan. Keyinroq bu oddiy mavsumiy kasalliklar, bezgakning og‘ir shakli va yetarlicha to‘yib ovqatlanmaslik sabab kelib chiqqani ma’lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
Jahon | 19:20
-
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi
Jahon | 18:08
-
Hindiston va Pokiston AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
Jahon | 17:43
-
Rossiya va O‘zbekiston harbiy sohada strategik sheriklik rejasini imzoladi
Jahon | 17:15
Mavzuga oid

18:08
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi

17:43
Hindiston va Pokiston AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi

08:58
AQSh davlat kotibi Pokistonga Hindiston bilan muzokaralarda yordam taklif qildi

07:39