Jahon | 17:03 / 28.01.2025
2722
3 daqiqa o‘qiladi

To‘qayev Qozog‘istonda AES qurilishini tezlashtirishni buyurdi

Shuningdek, yadro energiyasi klasterini tashkil qilib, ikkinchi AES qurilishi uchun joy izlash topshirig‘ini berdi.

Foto: akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev respublikadagi birinchi atom elektr stansiyasi (AES) qurilishini tezlashtirish va ikkinchi AES qurilishi uchun joy qidirishni boshlashni buyurdi. Bu haqda u 28 yanvar kuni hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qildi.

«Energetika taqchilligi oshib borayotgan bir sharoitda biz birinchi AES qurilishini jadallashtirishimiz va umuman, mamlakatda yadro klasterini yaratishni boshlashimiz kerak. Bu mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashning muhim vazifasidir», dedi To‘qayev.

U Vazirlar Mahkamasi va «Samruk-Kazina» jamg‘armasiga atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

«Har tomonlama tahlillar asosida bo‘lajak atom elektr stansiyalarini qurish uchun eng qulay joylar, shuningdek, zamonaviy va xavfsiz texnologiyalar belgilanishi kerak. Hukumat va parlamentdan ikkinchi atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha takliflar kutaman. Yana bir bor ta’kidlayman: mamlakatimiz atom energetikasiga muhtoj, aks holda Qozog‘istonning izchil rivojlanishi so‘roq ostida qoladi», dedi prezident.

O‘z navbatida, bosh vazir O‘ljas Bektenov yaqin vaqt ichida Olmaota viloyatida birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha zarur kelishuvlarni tuzishga va’da berdi. «Hududlarda ikkinchi va uchinchi atom elektr stansiyalarini qurish joylarini aniqlash bo‘yicha tahlil ishlari ham yakunlanmoqda», dedi bosh vazir.

O‘tgan yilning kuzida Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish imkoniyati bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan, unda saylovchilarning 71,12 foizi bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan edi. Stansiyani Olmaota viloyatining Ulken qishlog‘ida Balqash ko‘li qirg‘og‘ida qurish rejalashtirilgan.

Qurilishni xalqaro konsorsium amalga oshiradi, uning tarkibi qanday bo‘lishi hozircha noma’lum. Avvalroq, texnologiya yetkazib beruvchilarning ehtimoliy ro‘yxatiga to‘rtta kompaniya kiritilgan edi: Xitoyning CNNC, Koreyaning KHNP, Rossiyaning Rosatom va Fransiyaning EDF. Konsorsium ishtirokchilari bo‘yicha qaror 2025 yil birinchi yarmida qabul qilinishi kutilmoqda.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda