Jamiyat | 08:02 / 28.01.2025
2309
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Farg‘ona va Andijon viloyatlarida xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro U.A. fuqaro A.G‘.ning ishonchiga kirib, o‘zi va uning turmush o‘rtog‘ini tanishlari yordamida Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, evaziga 12 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro A.O. fuqaro G.I.ning ishonchiga kirib, uni 15 500 AQSh dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Izboskan tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.A. fuqaro N.X.ning ishonchiga kirib, o‘zi va uning turmush o‘rtog‘ini Latviya davlatiga ishga yuborishini aytib, evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid