Yevropa Ittifoqi davlatlari Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishga kelishib oldi
Yevropa Ittifoqi Kengashi yig‘ilishida Suriyaga qarshi sanksiyalarning bir qismini bosqichma-bosqich bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu mamlakatning yangi hokimiyati uchun kart-blansh emas, deya ogohlantirdi Bryussel va choralar qayta tiklanishi mumkinligini bildirdi.

Foto: Getty Images
Suriya prezidenti Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan yetti hafta o‘tib, Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari mamlakatga nisbatan sanksiyalarni bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. YeI kengashining 27 yanvar, dushanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Suriya bo‘yicha sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi kelishib olindi, dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas.
Jazo choralari qayta tiklanishi mumkin
Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi cheklovchi choralarni yumshatish masalasida «tezkorlik bilan harakat qilishga tayyor», ammo Damashqdagi yangi hokimiyat «noto‘g‘ri qadamlar qo‘ysa» Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish qarori qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Kallas, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Damashqdagi missiyasi qayta tiklanishi mumkinligini ham ma’lum qildi.
Dpa qayd etganidek, sanksiyalar rejimini yumshatish orqali Yevropa Ittifoqi Suriyaning yangi hukumatiga demokratiyani barpo etish uchun imtiyozlar bermoqchi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi buning natijasida yuz minglab suriyalik qochqinlar vatanlariga qaytishiga umid qilmoqda.
O‘z navbatida, Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barrot, birinchi navbatda, energetika, transport sektori va moliya institutlariga nisbatan jazolarni bekor etish taklif qilinayotganini ta’kidladi. Reuters xabariga ko‘ra, aviakompaniyalarga, jumladan, Syrian Arab Airlines'ga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishi, neft embargosi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
WP: Oq uy Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishi xarajatlarini baholamoqda
Jahon | 18:44
-
Google bolalarga uy vazifalarida yordam beradigan sun’iy intellektini taqdim etadi
Fan-texnika | 18:15
-
Toshkentda minivenlarda o‘zini o‘zi band qiluvchi tarzida taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi
O‘zbekiston | 18:11
-
Saida Mirziyoyeva Parijda «Xudoybergan Devonov merosi» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 17:42
Mavzuga oid

16:50 / 30.03.2025
Alaviy, druz, xristian ayol. Suriyaning yangi hukumati tarkibiga kimlar kirdi?

00:55 / 28.03.2025
Tramp ma’muriyati Suriyadagi «Oq kaskalar» tashkilotini moliyalashtirishni qisman to‘xtatdi

08:35 / 27.03.2025
Sanksiyalar yengillashishi yoki kuchaytirilishi Rossiyaning qadamlariga bog‘liq - AQSh Moliya vazirligi

23:26 / 25.03.2025