Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Gomadagi qotillik va zo‘ravonliklarni qoraladi
Yevropa Ittifoqi ortidan BMT idorasi KDR sharqida harbiy harakatlar avj olganidan xavotir bildirdi. Ularga ko‘ra, 2 million aholiga ega Goma shahrida Kongo armiyasi va Ruanda jangarilari o‘rtasida janglar davom etmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Kongo Demokratik Respublikasining (KDR) sharqiy qismidagi yirik Goma shahrining M23 guruhiga mansub ruandalik jangarilar tomonidan bosib olinishi va undan keyin sodir bo‘lgan zo‘ravonlik, qotillik va talonchilik harakatlaridan xavotir bildirdi. 28 yanvar, seshanba kuni Jyenevada BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (GMMB) matbuot kotibi Yyens Lerke: «Tibbiyot muassasalariga hujumlar, zo‘rlash, talon-toroj qilish holatlari sodir etilgani haqida xabarlar bor», deb ma’lum qildi.
Yanvar oyi boshida janglar avj olganidan beri yuz minglab odamlar zo‘ravonliklardan qochdi, dedi u. Isyonchilarning o‘zi Kongo Demokratik Respublikasida yashovchi tutsi etnik guruhi vakillarini himoya qilayotganini da’vo qilmoqda. Mojaro, shuningdek, mintaqadagi boy foydali qazilma konlarini nazorat qilish bilan bog‘liq, deb xabar berdi AFP avvalroq.
Fransiya KDRdagi elchixonalarga qilingan hujumlarni qoraladi
O‘z navbatida, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro KDRning sharqiy hududlarida sodir bo‘lgan voqealarga norozilik bildirgan olomon tomonidan Fransiya, Belgiya, Keniya, Ruanda, Uganda va AQShning mamlakat poytaxti Kinshasadagi elchixonalariga uyushtirilgan hujumlarni qoraladi. «Bu hujumlarni qabul qilib bo‘lmaydi. Xodimlarimiz va fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘ldan kelgan barcha narsa qilinmoqda», deb yozgan Barro X ijtimoiy tarmoqda.
AFP xabar berishicha, politsiya Kinshasadagi namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Shu bilan birga, namoyishchilar xalqaro hamjamiyatdan Ruanda armiyasining Kongo Demokratik Respublikasiga misli ko‘rilmagan bostirib kirishi munosabati bilan unga bosim o‘tkazishni talab qilmoqda. «Biz xalqaro hamjamiyatning ikkiyuzlamachiligini qoralaymiz», dedi namoyishchilardan biri agentlik muxbiriga.
Yevropa Ittifoqi kengashi Ruanda hukumatini qo‘shni KDR sharqidagi isyonchilarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirdi. Ruanda o‘z qo‘shinlarini Kongo Demokratik Respublikasidan olib chiqishi kerak, deya ma’lum qildi Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Bryusseldagi yig‘ilishda. «Yevropa Ittifoqi KDR sharqidagi inqirozni diqqat bilan kuzatib bormoqda», dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas. Shuningdek, u xalqaro tinchlikparvar missiya a’zolariga qilingan hujumlarni qabul qilib bo‘lmas deb atadi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026