Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farmatsevtikada startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg‘armasi tashkil etiladi
“Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmatsevtika mahsulotlari eksporti hajmini oshirish maqsadida:
- mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining dori vositalaridan bittasini AQShning Food and Drug Administration (FDA) yoki Yevropa Ittifoqining European Medicines Agency (EMA) tashkilotlarida ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarining 100 foizi ular ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng qoplab beriladi;
- mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining farmatsevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizi ular ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng qoplab beriladi.
Quyidagilar tashkil etiladi:
- Farmatsevtika sohasining biofarmatsevtika, hujayra texnologiyalari, onkologiya kabi yo‘nalishlaridagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg‘armasi;
- Farmatsevtika tarmog‘ining istiqbolli loyihalari investitsiya jamg‘armasi.
2025 yil 1 iyulgacha 5 ta namunaviy dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etiladi va 2026 yil yakunigacha ushbu plantatsiyalarda yetishtirilgan dorivor o‘simliklarni qayta ishlash loyihalari ishga tushiriladi.
Farmatsevtika korxonalari faoliyatiga ilg‘or standartlarni tatbiq etish bo‘yicha marketing va konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan Pharm Service davlat muassasasi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
13:28 / 27.06.2026
O‘zbekistonda noqonuniy kosmetika preparatlaridan foydalanganlarda og‘ir nojo‘ya reaksiyalar kuzatildi
10:00 / 09.06.2026
Eng yaxshi AI startaplar Prezident sovrini uchun kurashadi
18:43 / 29.05.2026
Anthropic kompaniyasi OpenAI’ni ortda qoldirib, eng qimmat sun’iy intellekt startapiga aylandi
23:36 / 29.04.2026