Jahon | 21:40 / 29.01.2025
8233
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyaning yangi hukumati Rossiyadan Asadni ekstraditsiya qilishni so‘radi - OAV

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad va uning oilasi 2024 yil 8 dekabr kuni mamlakatni tashlab, Rossiyaga qochgan edi.

Foto: AP

Suriyaning yangi rasmiylari Rossiyadan mamlakat sobiq prezidenti Bashar Asadni ekstraditsiya qilishni so‘radi. Bu haqda Reuters agentligi muhokamalardan xabardor manbaga tayanib xabar berdi.

Qayd qilinishicha, talab Suriyada hukmronlikni qo‘lga olgan Hay’at Tahrir ash-Shom (Hsh) guruhi yetakchisi Abu Muhammad al-Jo‘loniy tomonidan ilgari surilgan.

Reuters agentligi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovdan Asadni ekstraditsiya qilish taklifi haqida so‘radi. Ammo Peskov bu ma’lumotga izoh bermadi.

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad va uning oilasi 2024 yil 8 dekabr kuni mamlakatni tashlab, Rossiyaga qochgan edi. Dmitriy Peskov unga boshpana berish haqidagi qaror shaxsan prezident Vladimir Putin tomonidan qabul qilinganini aytdi. Rossiya 2011 yilda Suriyada boshlangan fuqarolar urushida Bashar Asadni qo‘llab kelgan.

Mavzuga oid