Tojikiston va Qirg‘izistonda olib kelingan narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi
Xususan, Toshkent-Namangan yo‘nalishida harakatlanayotgan Damas rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda uning salon qismiga yashirib qo‘yilgan 2 kg 436 gr gashish moddasi aniqlangan.

Foto: Videodan kadr
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida O‘zbekiston hududiga qo‘shni davlatlardan olib kelingan qariyb 8 kilogramm narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi.
Xususan, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi fuqaro va uning Termiz shahrida istiqomat qiluvchi jinoiy sherigi 3 kilogramm 849 gramm opiy moddasini Samarqand viloyatiga sotish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositasi muqaddam tojikistonlik narkokurer tomonidan Denov tumani hududiga kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berilgan.
Namangan viloyatining Pop tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent—Namangan yo‘nalishida harakatlanayotgan, Chust tumanida yashovchi shaxs boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada uning salon qismiga yashirib qo‘yilgan 2 kilogramm 436 gramm gashish moddasi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Ma’lum bo‘lishicha, u muqaddam tojikistonlik narkokurerlar tomonidan aylanma yo‘llar orqali Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududiga olib kelinib, xufiya joyga qoldirib ketilgan ushbu giyohvandlik vositasini olib qaytayotgan bo‘lgan.
Boshqa holatda esa Namangan—Andijon yo‘nalishida harakatlangan Cobalt rusumli avtomashina Andijon shahrida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Qirg‘iziston fuqarosi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsga tegishli 1 kilogramm 702 gramm gashish moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida u Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan Namangan viloyatiga olib kelgan ushbu narkotik moddani Andijon shahrida sotishni rejalashtirgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tavsiya etamiz
Dovyurak va fidoyi jurnalist eding
O‘zbekiston | 12:50 / 27.02.2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi? To‘rt asosiy savol va ularga javoblar
Jahon | 20:42 / 25.02.2025
“Videolarni montaj qilib tarqatishyapti” – YHXX rasmiysi «no photo» qonuni haqida
O‘zbekiston | 18:45 / 25.02.2025
Kim aybdor: o‘qituvchi yo o‘quvchi? | SUBYEKTIV
O‘zbekiston | 16:42 / 23.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin FSBdan xorijda nazoratni kuchaytirishni talab qildi
Jahon | 12:39
-
Tramp: Ukrainada tinchlik «tez orada o‘rnatiladi» yoki u «hech qachon» bo‘lmaydi
Jahon | 12:13
-
«Tramp Putindek fikrlamoqda»: liberal jahon tartibi tugadimi?
Jahon | 12:08
-
Velosport. 17 yoshli Samira Ismoilova – jahon va Osiyo rekordini o‘rnatdi
Sport | 11:57
Mavzuga oid

11:29 / 26.02.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida fuqarolar kelib-ketishi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritildi

08:22 / 26.02.2025
YPX xodimlari to‘xtatgan mashinadan narkotik modda topildi

13:26 / 25.02.2025
Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan 48 kilogrammdan ortiq narkotik musodara qilindi

23:49 / 21.02.2025