Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida chiqindi xizmati uchun to‘lov tarifi oshdi
Aholi hamda yuridik shaxslar uchun yangi tariflar tasdiqlandi.
Toshkent viloyati hamda Surxondaryo viloyatida maishiy chiqindi xizmatlari uchun to‘lov tariflari oshirildi. Tegishli qarorni Xalq deputatlari viloyat kengashlari tasdiqladi, deb xabar berdi Chiqindilarni boshqarish agentligi.
Jumladan, Toshkent viloyatining ayrim hududlarida aholi uchun 7 840 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun 82 880 so‘m (QQS bilan) to‘lov miqdori belgilandi. Belgilangan to‘lov tarifi Toshkent viloyati “Toza Hudud” davlat unitar korxonasi hamda “Angren Bunyod Fayz” MChJ, “Nurli yo‘l marvaridi” MChJ, “Ohangaron sanitariya tozalash” MChJ, “Rahnamo Servis” MChJ, «Zero-Vaste» MChJ kabi sanitar tozalash korxonalari uchun tasdiqlangan. Ular quyidagi hududlarga xizmat ko‘rsatadi: Nurafshon, Ohangaron, Olmaliq, Angren, Chirchiq, Yangiyo‘l shaharlari; Toshkent, Zangiota, Ohangaron, Yuqorichirchiq, Quyichirchiq, Parkent, Bo‘stonlik, Qibray, Chinoz, Yangiyo‘l tumanlari.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida jismoniy shaxslar ya’ni aholi uchun 7 000 so‘m (QQS siz) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun 122 219 so‘m (QQS siz) miqdorida to‘lov tasdiqlandi. Belgilangan to‘lov tarifi “Toza hudud” UK, “Bio Texno Eko” MChJ, “Bio Tex Eso” MChJ, “Qiziriq invest” MChJ, “Sale kingdom” MChJ va “Sho‘rg‘un kommunal foydalanish” MChJ kabi sanitar tozalash korxonalari uchun amal qiladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur majburiy yagona tariflar sanitar tozalash korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
18:50 / 30.04.2026
Toshkent – Xiva yo‘nalishida «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi 3 maydan boshlanadi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
19:13 / 29.04.2026
Toshkentda 12 ta sun’iy ko‘l tashkil etiladi
17:33 / 27.04.2026