Tramp 1 fevraldan Meksika va Kanada tovarlariga boj joriy qildi
AQSh prezidenti qo‘shni davlatlarga nisbatan «savdo urushini» boshlamoqda.

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada va Meksikadan import qilinadigan mahsulotlarga rejalashtirilgan 25 foizlik boj haqidagi qaror 1 fevraldan kuchga kirishini ma’lum qildi, deb xabar berdi Euronews.
Trampning qarori, uning so‘zlariga ko‘ra, savdo hamkorlari taklif qilayotgan narxlarning adolatliligini baholashga asoslanadi. Dastlab, AQSh prezidenti tariflar tahdidini noqonuniy immigratsiya va fentanil ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar kontrabandasiga qarshi kurash bilan bog‘lagan edi.
Uning ta’kidlashicha, bojlar ushbu mamlakatlardan import qilinadigan neftga taalluqli ekani haqida hali yakuniy qarorga kelmagan.
Euronews ta’kidlaganidek, boj tariflarining joriy qilinishi benzin narxining oshishiga olib kelishi mumkin. Tramp bu masalani o‘z prezidentlik kampaniyasining markaziy qismiga aylantirib, bir yil ichida yoqilg‘i narxlarini ikki baravar pasaytirishga va’da bergan edi.
Nashr xabariga ko‘ra, biznes vakillari bojlar joriy etilishi oqibatlaridan xavotir olmoqda. Kanada Savdo palatasining ijrochi vitse-prezidenti Metyu Holms rejadagi chora-tadbirlarni «mag‘lubiyat» deb atadi va ular hayotni qimmatroq qilishini, har ikki mamlakatdagi biznesni qiyin ahvolga solib qo‘yishini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Kanada bunga javoban 105 milliard dollar qiymatidagi Amerika tovarlarining dastlabki ro‘yxatini tayyorladi, ularga nisbatan boj joriy qilinadi.
Mavzuga oid

09:05
Tramp Xitoy tovarlariga boj to‘lovlarini pasaytirishini e’lon qildi

22:46 / 22.04.2025
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP

19:53 / 22.04.2025
AQSh Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan quyosh panellari importiga bojlar belgiladi

18:37 / 22.04.2025