Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina markaziy osiyolik harbiy asirlar sonini ma’lum qildi
Ukraina Adliya vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, ko‘pincha shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qligi bois, harbiy asirlarning fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning so‘zlari asosida aniqlanadi.
Rossiyaning keng miqyosli bosqini boshidan beri Ukraina harbiylari Markaziy Osiyo davlatlarining 30 nafarga yaqin fuqarosini asirga oldi. Bu haqda Ukraina adliya vaziri Olga Stefanishina ma’lum qildi.
«Harbiy asirlarning fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘pincha ularning so‘zlari asosida aniqlanadi, chunki buni tasdiqlovchi hujjatlar ko‘p hollarda yo‘q», dedi Stefanishina.
«Qamoqxonalar va lagerlarda joylashgan harbiy asirlar fuqaroligidan qat’i nazar, xalqaro va milliy huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan bir xil huquqiy maqomga ega. Harbiy asirning fuqaroligi, jumladan, qo‘sh fuqaroligi uning huquqiy holatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi», deb qo‘shimcha ma’lumot berdi vazirlik.
Xabarda asirlarning aynan qaysi davlat fuqarolari ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
18:02
“O‘g‘limni izlab Moskvaga bordim” – urgutlik otaning iztirobda o‘tgan kunlari
11:25
Ukraina Rossiya gaz infratuzilmasiga ham zarbalarni kuchaytirmoqda
08:40
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026