Ukraina harbiylari dronlar orqali «Zangori oqim» («Goluboy potok») gaz quvuri tarkibidagi «Krasnodarskaya» kompressor stansiyasiga hujum qildi.
«Gazprom» bayonotida hujum 8 iyulga ötar keçasi amalga oşirilgani ma’lum qilingan. Kompaniyadagilar fikriça, bu hujumdan maqsad «Rossiya gazining Turkiyaga uzluksiz yetkazib berilişini töxtatiş» edi, biroq «tezkor çoralar» körilgani tufayli gaz yetkazib berişda uzilişlar yuz bermadi.
Ukraina dronlari fevral oy oxirida ham «Zangori oqim» va «Turk oqimi»ga hujum qilgandi – hozir Rossiya gazi Turkiya va Yevropaga faqat şu quvurlar orqali yetkazib beriladi. Bungaça «Russkaya», «Beregovaya» va «Kazaçya» kompressor stansiyalari ham hujumlar nişoniga aylangandi, ammo bu hujumlar jiddiy oqibatlarga olib kelmagandi.
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «muhim xalqaro energiya tizimi» obektlariga hujumlarni «juda xavfli» deb atab, Turkiya Ukrainaga ta’sir körsatişiga umid bildirdi. «Biz turklar va boşqa davlatlar Kiyev rejimini bunday harakatlardan qaytariş uçun öz ta’siridan foydalanişiga umid qilamiz», – dedi u.
Turkiyada şu kunlarda NATO sammiti bölib ötmoqda, unda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham iştirok etmoqda. U öz çiqişida Ukraina dronlari hujumlari geografiyasi kengayayotgani haqida gapirib, yaqinda Omskdagi neftni qayta işlaş zavodiga (Ukraina çegarasidan 2500 km masofada) berilgan zarbani misol qilib keltirgan. Ukraina prezidenti ta’kidlaşiça, bu hujum istisno holat emas, balki Ukrainaning uzoq masofali dronlar dasturini rivojlantirişning bevosita natijasi bölgan.
Ukraina sönggi kunlarda Rossiya energetika infratuzilmasiga hujumlarni sezilarli darajada kuçaytirdi. 8 iyul kuni ertalab dronlar Boşqirdistondagi «Çerkass» dispetçerlik stansiyasiga hujum qildi (sönggi ikki hafta içida ikkinçi marta). Ukraina xavfsizlik xizmatiga köra, bu stansiya «Transneft-Ural» tizimining asosiy obektlaridan biridir.
Ukraina Pilotsiz tizimlar kuçlari boşliği Robert Brovdi («Madyar») bergan ma’lumotlarga köra, sönggi uç kun mobaynida dronlar Azov dengizi hududida RF yaşirin flotiga mansub bölgan 19 ta tankerga zarba bergan – ular Qrimga yoqilği yetkazişga harakat qilganida hujumga uçragan. Reuters agentligi esa Qora dengizda dronlar Amerikaning Şevron kompaniyasi tankeriga hujum qilgani haqida xabar tarqatdi, bu tankerdan Novorossiyskdagi terminaldan neft taşişda foydalanilgan.













