Odessaga raketa zarbasi: kamida yetti kishi jarohatlandi
Rossiya Odessaning tarixiy markaziga raketa zarbasi berdi. Mehmonxona binosi shikastlangan. Yetti kishi jarohatlangan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hujum markazida norvegiyalik diplomatlar bo‘lganini aytdi.

Foto: Oleksandr Gimanov/AFP
31 yanvar, juma kuni Rossiya qo‘shinlari Odessaning tarixiy markaziga raketa hujumi uyushtirganini Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tasdiqladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan to‘xtatilishi qiyin bo‘lgan «Iskandar» tipidagi ballistik raketalardan foydalangan.
Otishma natijasida yetti kishi jarohat oldi, ularning hammasining ahvoli o‘rtacha og‘ir, dedi Odessa oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper. Zelenskiy hujum markazida norvegiyalik diplomatlar bo‘lganini aytdi. Ulardan biror kishi jarohat olgani yoki yo‘qligi hozircha noma’lum.
Odessaga berilgan zarbalar fonida Ukraina prezidenti mamlakat havo mudofaasini yanada kuchaytirishga chaqirdi: «Qayta va qayta: havo hujumidan mudofaa birinchi o‘rinda, biz barcha hamkorlar bilan davlatimizni yanada ko‘proq himoya qilish uchun ishlayapmiz».
Tarixiy mehmonxona binosi shikastlangan
"Dumskaya" nashrining aniqlik kiritishicha, hujum 19-asr oxirida qurilgan Italyanskaya ko‘chasidagi "Bristol" mehmonxonasi binosiga qilingan. Mehmonxona tomida yong‘in kelib chiqqan va yong‘inni o‘chirish uchun 23 kishi safarbar etilgan. Bundan tashqari, adabiy, tarixiy, o‘lkashunoslik va arxeologiya muzeylari, G‘arb va sharq san’ati muzeyi, filarmoniya fasadlari shikastlangan.
«Bu yerda betonni yorib o‘ta oladigan raketa ishlatilgan», — deya "Dumskaya" Odessa OHM rahbari Oleg Kiperdan iqtibos keltiradi.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev rayonida shaharni o‘qqa tutish vaqtida noma’lum shaxslar feyyerverk otishgan. Ularning shaxsi aniqlanmoqda.
Rossiya Odessaning o‘qqa tutilishi haqida hech qanday bayonot bermadi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chilonzor tumani hokimligida 8 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi
Jamiyat | 17:13
-
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:07
-
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi belgilandi
Jahon | 17:06
-
The Atlantic muharriri qanday qilib Tramp jamoasining yopiq chatiga kirib qolgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 17:02
Mavzuga oid

12:41 / 21.03.2025
Mer: Odessa va oblastga dronlar hujum qildi

13:44 / 09.03.2025
Rossiyaning Ukraina bo‘ylab zarbalari oqibatida bir kunda 20 kishi halok bo‘ldi

09:42 / 17.01.2025
Starship raketasining yettinchi parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

10:57 / 14.01.2025