Isroil prokuraturasi Netanyahuning rafiqasiga qarshi tergov boshlanganini e’lon qildi
Sara Netanyahu 2019 yilda davlat mablag‘larini maqsadsiz sarflaganlikda ayblanib, jarimaga tortilgan edi. Bu safar u turmush o‘rtog‘ining ishi bo‘yicha muhim guvohlarga qarshi kampaniya tashkillashtirishda gumonlanmoqda.

Foto: The Independent
Isroil davlat prokuraturasi bosh vazir Binyamin Netanyahuning rafiqasi Saraga nisbatan jinoiy tergov boshlanganini rasman e’lon qildi. U turmush o‘rtog‘ining ishlari bo‘yicha muhim guvohlarga qarshi kampaniya tashkillashtirish, shuningdek, sud jarayoniga aralashishda gumonlanmoqda.
Qayd etilishicha, tergov 12 telekanalining reportajidan keyin boshlangan. Jurnalistik surishtiruvga ko‘ra, Sara Netanyahu bosh vazirning sobiq yordamchisi Xanni Bleyvaysdan Binyamin Netanyahu ishi bo‘yicha muhim guvoh — Xadas Klyaynga qarshi norozilik va onlayn kampaniya tashkillashtirishni so‘ragan.
Tergovga politsiyachilar va Isroil Bosh prokuraturasining kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari jalb etilgan. Bosh prokuror Gali Baharav-Miara tergovni boshlash ko‘rsatmasini 26 dekabrda bergan. Sara Netanyahuning advokati ishni «siyosiylashtirilgan jodugarlar ovi» deb atagan.
2019 yilda Sara Netanyau 50 ming dollarga yaqin davlat mablag‘larini maqsadsiz sarflaganlikda aybdor deb topilgan edi. O‘shanda bosh vazirning rafiqasi 15 ming dollar jarimaga tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabrda Xalqaro jinoyat sudi Netanyahuni hibsga olishga order bergandi. XJS Isroil bosh vaziri Binyamin Netayahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumonlamoqda.
Joriy yilning 27 yanvar kuni Binyamin Netanyahu poraxo‘rlik, firibgarlik va jamoatchilik ishonchini suiiste’mol qilish bo‘yicha qayta boshlangan uchta ish bo‘yicha eshituvlarda ishtirok etish uchun Tel-Aviv okrug sudiga yetib kelgan edi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

01:25
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi

00:36
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi

22:21 / 18.06.2025
Eronda internetga kirish cheklab qo‘yildi

22:13 / 18.06.2025