Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilda tez yordamga yolg‘on chaqiriqlar soni kamaygani qayd etildi
Tez tibbiy yordam xizmatining bemor oldiga kechikib borishiga ba’zan yolg‘on chaqiriqlar sabab bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
2024 yil davomida tez yordam (103) xizmatiga 2713 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 792 taga kamaygan.
Ta’kidlanishicha, tez tibbiy yordam xizmati sifati eng avvalo 103 brigadalarining chaqiriq manziliga o‘z vaqtida yetib borishi bilan belgilanadi. Ammo ba’zan fuqarolardan tez yordam avtomashinalari bemor oldiga kechikib borgani haqidagi e’tirozlar tushadi. Bunga esa ko‘pincha yolg‘on chaqiriqlar sabab bo‘ladi.
Tahlillarga ko‘ra, 2024 yilda eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqand viloyatida kuzatilgan – 645 ta. Keyingi o‘rinda Qashqadaryo viloyati — 436 ta. Farg‘ona viloyatidan 259 ta shunday murojaat bo‘lgan. Eng kam yolg‘on chaqiriq Sirdaryo viloyatida — 17 ta.
Mavzuga oid
11:03 / 29.11.2025
"Bu navbatdagi biznes reja": Shifokorlar va bemorlar Toshkent onkologiya kasalxonasi tugatilayotganidan norozi
10:08 / 15.11.2025
Yaponiya O‘zbekistonga 5,7 mln dollarlik mammografiya uskunalarini bepul ajratadi
10:34 / 13.11.2025
Sog‘liqni saqlash muassasalarida pulli xizmatlar tartibi tasdiqlandi
20:46 / 07.09.2025