3 yil avval poytaxtdagi onkologiya şifoxonalari binosining sotuvga qöyilişi masalasi juda katta şov-şuvga sabab bölgandi. Binolar sotuvdan olingan va bu hammamizning yodimizdan çiqqandi. Guyo bu taşabbus yançilib, tuproqqa kömilgan kabi. Ammo afsuski bunday bölib çiqmadi, masala yana öz holiga qaytdi.

Soğliqni saqlaş vaziri Asilbek Xudayarovning buyruği bilan Toşkent şahar onkologiya kasalxonasi Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya markaziga qöşilyapti. Şahar kasalxonasi xodimlari va u yerda davolanayotgan bemorlar bundan norozi bölib videomurojaat bilan çiqişdi.

“Hurmatli prezident, bizni himoya qilişingizni söraymiz. Bizda saratonga çalingan bemorlar kasallik aniqlangan kundan boşlab kuzatuvda bölişadi, yillab davolanişadi. Röyxatda turgan kasallar kerakli tekşiruvlarni tekinga ötişadi: EKG, UZI va boşqa tekşiruvlarni va şifokor konsultatsiyalarini. Yangi şifoxonada bu xizmatlar pulli körsatiladi.

Hozir bizda 500 nafar bemor davolanyapti, yiliga 10 mingdan ortiq bemorga xizmat körsatamiz. U yerga köçirilsa, markazdagi 60 foiz xodimlar işsiz qoladi”, deydi şifoxona boş hamşirasi Gulnora Sodiqova videomurojaatda.

Ma’lumot örnida: Toşkent şahar onkologiya şifoxonasi qariyb 8 gektar yaşil hududda joylaşgan bölib, ayni paytda poytaxtga toza havo ulaşayotgan öpkalardan biri sanaladi. Murojaatda şifoxona hududini olişdan maqsad – rejalaştirilgan biznes bölişi ehtimolini aytişgan.

“Bu navbatdagi biznes-reja kimlar uçundir. Men 20 yildan beri reanimatsiyada işlayman. Bemorlarning yaqinlari bu yerga kuniga 2-3 martalab qatnaydi. Şifoxona köçirilişi ularga ham qiyinçilik tuğdiradi”.

Ular dispanser hududidagi yaşillik bemorlar uçun zarurligini ta’kidlaşgan.

“Men 30 yildan beri işlayman bu yerda. Yangi kasalxona 7 qavatli bino, yozda 70 daraja issiqda yotadi bemorlar, bizni şifoxona hududi daraxtzor, bemorlar sayrga çiqadi, qayt qilayotgan, köngli ayniyotgan kasal palatada qanday ötiradi? U yerda hali bitta daraxt yöq atrofda”.

Özbekistonda 100 mingdan ortiq saraton xastaligi bilan kuraşayotgan bemor bor. Onkologiya xizmatlariga talab yuqori bölgan, joylar yetişmayotgan bir paytda kasalxona yopilişi bemorlarni ham norozi qilmoqda. Bemorlardan biri yangi şifoxonada joylar pulli ekanini aytgan.

“Kökrak saratoniga çalinib operatsiya böldim. 10 yildan beri şu kasalxonada röyxatda turaman, hozir remissiya davridaman. Menga bu yer juda qulay, xodimlar tajribali, muolajalar, joy tekin. Eşitişimça, yangi şifoxonada faqat palataning özi kuniga 1 mln 400 ming ekan. Hammada ham bunga imkon yöq. Soğliqni saqlaş vazirligidan iltimos qilamiz, hammaning ham Turkiyaga borib davolanişga qurbi yetmaydi. Yoki sutkasiga 1 mln 400 tölaşga.”

“Menda saratonning agressiv formasi, tez-tez davolanişim kerak. Pul tölaşga qurbim yetmaydi. Bu şifoxona qulay joylaşgan, xodimlar tajribali, kayfiyatga ta’sir qiladi. Agar xalqning foydasi uçun qilinayotgan bölsa, şu yerning özini yaxşilaşsin, ta’mirlaşsin, kengaytirişsin. Qaysidir standartlarga mos kelmayotgan bölsa, moslaştirişsin. Bemorlarga hayot berayotgan joyni tortib olişyapti. Şifoxonani qoldirişsin”, degan yana bir bemor.

Xöş, kasalxona böşatilsa, bu joyning taqdiri nima böladi? Agar kasalxona hududining katta, transport uçun qulay va şaharning qimmat nuqtalaridan biri ekanini inobatga olsak, bu savol yanada örinli böladi.

Toşkent şahar hokimligi axborot xizmatining Kun.uzʼga bergan ma’lumotiga köra, bu hali noma’lum. “Bino keyingi yil Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tasarrufiga ötkaziladi va uning kelgusi taqdiri keyin hal qilinadi”, deyiladi ma’lumotda.

2022 yil Toşkentdagi 3 ta katta onkologiya binolari Respublika Onkologiya markazi — 281,7 mlrd söm, Toşkent şahar filiali — 160,5 mlrd söm, Toşkent vil. filiali — 92,1 mlrd sömga baholangan va auksion orqali sotuvga qöyilgan edi. Jamoatçilikning qattiq qarşiligi sabab bu sotuv töxtatilgandi. Hozirgi holat öşa voqealarning imi-jimida amalga oşirilişini bildiradi. Bundan keyingi manzil onkologiya dispanserining viloyat filiali bölişi ehtimoli bor.

Soğliqni saqlaş vazirligi bu masalada hali öz fikrini bildirmadi. Kasalxonadagi holat bilan taniş bölganlarning ta’kidlaşiça, şahar onkologiyasiga murojaat qilayotganlarning köpçiligi oğir bosqiçda, tez va uzoq davolanişni talab qiladigan bemorlar. Onkologiya kasallari soni köpayib turgan paytda statsionar muassasaning qisqarişi tahlikali. 2022 yildagi auksion voqeasi hali yodimizda, şuning uçun binoning taqdiri heç kimni befarq qoldirmasligi kerak.