Kreml Sudjaga zarbani «Kiyev rejimining vahshiyona provokatsiyasi» deb atadi. Tramp Rossiya va Ukraina bilan uchrashuvlarni anons qildi

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Kremldagilar Sudjadagi internatga qilingan hujumni «Kiyev rejimining vahshiyona provokatsiyasi» deb hisoblaydi, deya ma’lum qildi RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Peskov jurnalistning zarba natijasida halok bo‘lganlar soni haqidagi aniqlashtiruvchi savoliga javob bermasdan, bu boradagi barcha ma’lumotni mudofaa vazirligi taqdim etishini aytgan. «Siz RF mudofaa vazirligi bayonoti bilan tanishish imkoniyatiga egasiz. Bunga qo‘shimcha qiladigan gapimiz yo‘q», — degan Peskov.
O‘tgan yilning avgust oyidan buyon ukrain qo‘shini tomonidan ishg‘ol etilgan Sudjadagi sobiq internat maktab binosiga 1 fevral kuni raketa zarbasi berilgan. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi unga rossiyalik harbiylar zarba yo‘llagani va Rossiya tomoni binoda «faqat tinch aholi vakillari joylashgani»dan xabardor bo‘lganini bildirgan. Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lgan.
Zarbadan bir necha soat o‘tib Rossiya mudofaa vazirligi bino Ukraina qurolli kuchlari hujumiga uchraganini aytib chiqdi — Rossiya harbiy idorasidagilar havo hujumidan mudofaa kuchlari ukrain raketalari Sumi oblastidan uchirilganini qayd etgan.
Hozircha ikki tomon ham o‘z versiyalari foydasiga obektiv dalillar taqdim etmadi.
Donald Tramp Rossiya, Ukraina va «turli tomonlar» bilan uchrashuvlarni anons qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z ma’muriyati allaqachon Moskva bilan ham, Kiyev bilan ham harbiy harakatlarni to‘xtatish va tinchlik kelishuvi tuzishga qaratilgan «uchrashuv va muzokaralar» o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
«Biz Ukraina bilan ham, Rossiya bilan ham ishlayapmiz, turli tomonlar, jumladan, Ukraina va Rossiya bilan uchrashuvlar hamda muzokaralar rejalashtirilgan. O‘ylaymanki, muhokamalar yaxshi ketmoqda», — degan Tramp.
AQSh prezidenti hech qanday tafsilotlarni keltirmagan — bu uchrashuvlar qachon va qanday tarkibda bo‘lishi rejalashtirilganiga to‘xtalmagan.
Trampning bu so‘zlari yangrashidan bir necha soat oldinroq uning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog agar harbiy harakatlar to‘xtashini istasa, ikki tomon ham yon berishi lozimligi haqidagi AQShning oldinroq bildirilgan pozitsiyasini takrorlagandi. Kellog Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «hududlar bo‘yicha pozitsiyasini yumshatgani»ni bildirgan. «Va Putin ham o‘z pozitsiyalarini yumshatishiga to‘g‘ri keladi», — deya qayd etgan u.
Kellog «katta ehtimol bilan, yaqin vaqtlar ichida» AQSh vakillari «barcha bilan» muhokamalar o‘tkazishini ta’kidlagan.
Zelenskiy 2 fevral kuni Associated Press uchun bergan intervyusida
Kellog «juda tez fursatlarda» Kiyevda bo‘lishini aytgan va hozircha tashrifning aniq sanalari belgilanmaganini qo‘shimcha qilgandi. «Bu yaqin haftalarda, yaqin sanalarda bo‘lishi biz uchun juda muhim. O‘ylaymanki, bularning bari bo‘ladi», — degandi u.
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 3 fevral kuni hozircha Moskva bilan «hech kim muzokaralar ishtirokchilarining ehtimoliy kombinatsiyasini muhokama qilmagani»ni aytdi. U Putinning Zelenskiyning 2022 yildagi RF bilan muzokaralarni taqiqlagan farmoni tufayli hozirda «ukrainlar prezidenti bunday muzokaralar o‘tkazishga haqli emasligi» haqidagi so‘zlarini takrorladi. Putin avvalroq Moskvadagilar fikricha bu farmonni faqat Oliy rada bekor qilishi mumkinligi — chunki Zelenskiy legitim prezident emasligini aytgandi. Zelenskiyning o‘zi bunday farmon mavjudligi mamlakat prezidenti sifatida muzokaralar olib borishiga to‘sqinlik qilmasligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi
O‘zbekiston | 20:46
-
Tagliklar, tish cho‘tkalari va boshqa “xavfli” tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinadi
Iqtisodiyot | 20:45
-
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi
O‘zbekiston | 20:38
-
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 20:04
Mavzuga oid

18:03
«Bu bizning urush emas» - Agar muzokaralarda siljish bo‘lmasa, AQSh Ukrainada tinchlik o‘rnatish urinishlarini to‘xtatadi

17:34
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

14:29
Tramp: «Zelenskiyni urushda ayblamayman»

13:46