O‘zbekiston va Malayziya Afg‘oniston fuqarolari uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshiradi
"Muloqotdan – harakat sari: O‘zbekiston va Malayziya strategik hamkorlik yo‘lida" mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etish maqsadida Kuala-Lumpur shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Oripov Malayziya parlamenti va Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Malayziya parlamenti Vakillar palatasining Xalqaro munosabatlar va xalqaro savdo qo‘mitasi raisi Tuan Vong Chen bilan o‘tkazilgan suhbat davomida O‘zbekiston-Malayziya munosabatlarini, ayniqsa parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli qo‘mitalarning qo‘shma majlislarini o‘tkazish amaliyotini joriy etish zarurligi ta’kidlandi.
Malayziya Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Dato Ahmad A’zam bilan muzokaralar chog‘ida Afg‘onistondagi mavjud vaziyat va mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.
Malayziya tomoniga O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va barqaror taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yondashuvlari haqida ma’lumot berildi. Eldor Oripov ta’kidlaganidek, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi va uning mintaqalararo savdo aloqalariga qo‘shilishi Markaziy va Janubiy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
O‘z navbatida, Dato Ahmad A’zam O‘zbekistonning Afg‘oniston masalasidagi sa’y-harakatlari va tashabbuslarini yuqori baholab, rasmiy Toshkent va Kuala-Lumpur yondashuvlari ko‘p jihatdan mos kelishini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida Afg‘oniston fuqarolari uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, Malayziya Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqaviy markazi bosh direktori Dato Ganesh Shivagurunatan bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.
Suhbat davomida xalqaro terrorizmga qarshi kurashning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Jumladan, Internet tarmog‘ida zo‘ravon ekstremizm targ‘ibotiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, yosh avlod uchun maqsadli ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish hamda reintegratsiya va reabilitatsiya chora-tadbirlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar sa’y-harakatlarni birlashtirishgina zamonaviy tahdid va xatarlarga samarali qarshi turish imkonini berishini ta’kidladilar.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
Mavzuga oid

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

17:11 / 24.02.2025