Panama AQSh davlat kotibi tashrifidan keyin Xitoy bilan qo‘shma loyihadan chiqadigan bo‘ldi
Panama prezidenti mamlakat Xitoyning «Bir kamar - bir yo‘l» loyihasidan chiqishini e’lon qildi. Bu Davlat departamenti rahbari Marko Rubio bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyin yuz bermoqda.

Foto: AFP
Panama Xitoyning «Bir kamar — bir yo‘l» loyihasidan chiqadi. Ushbu loyiha doirasida ikki mamlakat Panama kanalidan savdo maqsadlarida hamkorlik qilishi ko‘zda tutilgan, deb yozadi Deutsche Welle.
«Men muhim qaror qabul qildim va bu haqda sizlarga ma’lum qilaman. Hukumatim «Bir kamar — bir yo‘l» tashabbusi bo‘yicha 2017 yilgi anglashuv memorandumini uzaytirmaydi. Biz loyihani muddatidan oldin yakunlash imkoniyatini o‘rganib chiqmoqdamiz», — deydi mamlakat prezidenti Xose Raul Mulino.
Panama prezidentining so‘zlariga ko‘ra, AQSh davlat kotibi Marko Rubio Panama kanalini AQSh nazoratiga qaytarish yoki kuch ishlatish bo‘yicha real tahdid haqida gapirmagan. Ammo u Amerika prezidenti Donald Tramp Xitoyning mintaqadagi ishtiroki Vashington Panama kanalini nazorat ostiga bergan vaqtda tuzilgan shartnoma talablarini buzishini ta’kidlagan. Qayd etilishicha, Pekinning muhim yuk tashish yo‘liga ta’siri birinchi navbatda, Qo‘shma Shtatlar tomonidan qurilgan kanalning «doimiy betaraflik» majburiyatlarini buzadi.
2 fevral kuni Marko Rubio Xose Raul Mulino bilan uchrashuv davomida Xitoyning Panama kanaliga ta’siridan noroziligini bildirgan. AQSh Davlat departamenti rahbari «mavjud vaziyatni qabul qilib bo‘lmasligini va zudlik bilan o‘zgartirilmasa, Qo‘shma Shtatlar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun chora ko‘rishi kerakligini» aytgan.
Mulino shu kuni Vashington bilan bo‘lib o‘tgan muloqotni ijobiy baholagan edi. Panama prezidenti kanal mamlakat boshqaruvi ostida ekani va ushbu maqom o‘zgarishsiz qolishini bildirgan. Ikki davlat portlardagi vaziyatni yaxshilab o‘rganish uchun texnik guruh tuzishga kelishib olgan.
AQSh davlat kotibi va Panama prezidentining muzokaralari vaqtida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Panama ko‘chalariga chiqqan o‘nlab odamlar Vashingtonning muhim savdo yo‘li haqidagi da’volariga qarshilik bildirgan. Bunga Trampning Panama kanalini o‘z mamlakati nazorati ostiga qaytarish haqidagi tahdidi sabab bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
-
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili
O‘zbekiston | 23:31 / 15.04.2025
-
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 23:21 / 15.04.2025
Mavzuga oid

08:35 / 11.04.2025
Panama AQSh qo‘shinlariga Panama kanali yaqinida joylashishiga ruxsat berdi

19:56 / 08.04.2025
Panama mamlakat portlarini hongkongliklar boshqaruviga topshirgan amaldorlarni sudga beradi

21:55 / 28.03.2025
«Bu bizga emas, Rossiya va Ukrainaga bog‘liq» - AQSh davlat kotibi urushning qachon yakunlanishi haqida

20:47 / 27.03.2025