NYT: Eron yadroviy qurol yaratishning nisbatan qisqa yo‘lini o‘rganmoqda
AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, eronlik olimlar oshib borayotgan yadroviy yoqilg‘i zaxirasini bir yil yoki undan ortiq muddatda emas, balki bir necha oy ichida ishlaydigan qurolga aylantirishning qisqa yo‘lini qidirmoqda.

Foto: The New York Times
Eronlik muhandislar yadroviy qurolni nisbatan tezroq yaratish usullarini o‘rganmoqda. Bu haqda The New York Times bir nechta amerikalik amaldorga tayanib xabar berdi.
NYT manbalarining aytishicha, yangi razvedka ma’lumotlari Jo Bayden ma’muriyatining oxirgi oylardagi faoliyati davomida to‘plangan, keyin esa Trampning milliy xavfsizlik jamoasiga topshirilgan.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, eronlik olimlar oshib borayotgan yadroviy yoqilg‘i zaxirasini bir yil yoki undan ortiq muddatda emas, balki bir necha oy ichida ishlaydigan qurolga aylantirishning qisqa yo‘lini qidirmoqda.
Amerikalik amaldorlarning uzoq yillik baholashlariga ko‘ra, yuqori boyitilgan uranni (90 foizgacha yoki undan yuqori) ballistik raketaga o‘rnatsa bo‘ladigan murakkab jangovar kallakka aylantirish uchun Eronga 1 yildan 1,5 yilgacha vaqt talab etiladi.
Shu bilan birga Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon hamda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Islom inqilobi muhofizlari korpusi nima ustida ish olib borayotgani va yadroviy ixtirolardan bexabar bo‘lishi mumkin.
2018 yilda Donald Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddati davomida AQShning yadroviy dastur bo‘yicha bitimdan chiqishini e’lon qilganidan keyin Tehron uran ishlab chiqarishni qayta boshlangan. Axios’ga ko‘ra, Jo Baydenning prezidentlik muddati davomida Eronning yadroviy dasturi «sezilarli darajada oldinga siljigan». 2023 yil dekabr oxirlarida MAGATE Eron 60 foizgacha boyitilgan uranni ishlab chiqarish sur’atlarini oshirganini ma’lum qilgan edi.
O‘z navbatida Eron o‘ziga qo‘yilgan sanksiyalarning olib tashlanishi va shu orqali Yevropa davlatlari bilan yadroviy dasturi muhokamasini qayta tiklashga intilmoqda. Eronning Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyadan iborat E3 nomli guruh vakillari bilan birinchi muzokaralar raundi 2024 yil noyabrda bo‘lib o‘tgandi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Noqonuniy imoratlar haqidagi ma’lumotlarni Qurilish vazirligiga yuborish mumkin
O‘zbekiston | 13:10
-
Berbok: Germaniya hukumati «Shimoliy oqim-2» qayta ishga tushirilishiga qarshi
Jahon | 12:54
-
Hollivud aktyori Vel Kilmer vafot etdi
Jahon | 12:40
-
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:21
Mavzuga oid

21:38 / 31.03.2025
Eron oliy rahbari agar AQSh zarba bersa, keskin javob qaytarilishini ma’lum qildi

18:01 / 31.03.2025
NYT: Rossiya generallari 2022 yilda Ukrainaga yadroviy zarba bermoqchi bo‘lgan

08:20 / 31.03.2025
Tramp Eronga «misli ko‘rilmagan bombardimonlar» bilan tahdid qildi

20:58 / 30.03.2025